Get Mystery Box with random crypto!

Asmo ul - husna 1. Alloh – Tangri, Maʼbudi bar haq. 2. ar-Ra | ✨☪️𝐷𝑖𝑛𝑖𝑚 𝑖𝑠𝑙𝑜𝑚☪️✨

Asmo ul - husna

1. Alloh – Tangri, Maʼbudi bar haq.

2. ar-Rahmon – oʻta mehribon.

3. ar-Rahim – juda rahmli.

4. al-Malik – podshoh.

5. al-Quddus – nuqsonlardan xoli.

6. as-Salom – ofat va balolardan salomat.

7. al-Muʼmin – amonli va omon beruvchi.

8. al-Muhaymin – egallab, qoplab oluvchi.

9. al-Aziz – izzat va qudrat sohibi.

10. al-Jabbor – bandalari ishini isloh etuvchi.

11. al-Mutakabbir – kattalik yarashuvchi zot.

12. al-Xoliq – yaratuvchi, vujudga keltiruvchi.

13. al-Boriʼ – yaratuvchi.

14. al-Musavvir – maxluqot va mavjudotlarga suvrat va shakl beruvchi.

15. al-Gʻaffor – bandalarning aybu nuqsonlari va gunohu maʼsiyatlarini fosh qilmay yopib turuvchi, kechiruvchi.

16. al-Qahhor – barchani boʻysundiruvchi, gʻolib.

17. al-Vahhob – oʻz neʼmatlarini tekin ato etuvchi.

18. ar-Razzoq – barcha tirik mavjudot rizqini yetkazib beruvchi.

19. al-Fattoh – hukm etuvchi, rahmat; xazinalarini ochuvchi.

20. al-Aliym – biluvchi, dono, ilm sohibi.

21. al-Qobiz – kimlarningdir rizqini qiyuvchi, ruxlarni qabz etuvchi (oluvchi).

22. al-Bosit – kimlargadir keng rizq beruvchi, ruh baxsh etuvchi.

23. al-Xofiz – kofirlar martabasini tushiruvchi.

24. ar-Rofiʼ – moʻminlar martabasini koʻtaruvchi.

25. al-Muizz – kimlarnidir aziz, qadrli etuvchi.

26. al-Muzill – kimlarnidir xoru zalil qiluvchi.

27. as-Samiʼ – maxfiy va oshkora ran va sharpalarni, hatto dildan oʻtganini ham eshituvchi.

28. al-Basir – hamma maxfiy va oshkora narsalarni koʻruvchi.

29. al-Hakam – qatʼiy hukm etuvchi.

30. al-Adl – oʻta adolatli.

31. al-Latif – bandalariga sezdirmay oʻz lutfu ehsonini yetkazib beruvchi.

32. al-Xabir – hamma maxfiy va oshkora ishlardan xabardor.

33. al-Halim – jazolashga shoshmaydigan, hilm bilan yaxshilik qilib turuvchi.

34. al-Azim – ulugʻ, buyuk, katta.

35. al-Gʻafur – gunohlarni yashirib, jazo bermay turuvchi.

36. ash-Shakur – oz ishga koʻp mukofot beruvchi.

37. al-Aliy – ulugʻ martabali, buyuk.

38. al-Kabir – katta, hamma sohada yuqori.

39. al-Hafiz – saqlaguvchi (oʻz panohida).

40. al-Muqit – moddiy va maʼnaviy oziq beruvchi.

41. al-Hasib – har bir ishga oʻzi kifoya qiluvchi.

42. al-Jalil – barcha sifatlari mukammal, ulugʻ zot.

43. al-Karim – karamli, saxovatli, kechirimli.

44. ar-Raqib – hamma narsani kuzatib, nazorat ostiga olib turuvchi.

45. al-Mujib – duolarni qabul etuvchi.

46. al-Vosiʼ – mulki, rahmati va qudrati keng zot.

47. al-Hakim – hikmat sohibi. Daqiq va noziq ilmlarni biluvchi.

48. al-Vadud – doʻst, xayrixoh, mahbub.

49. al-Majid – neʼmati va ehsoni be-poyon.

50. al-Bois – paygʻambarlar yuboruvchi, oʻlgandan keyin qayta tiriltiruvchi

51. ash-Shahid – hamma narsani bilib, koʻrib turuvchi, guvoh.

52. al-Haq – haqiqatan mavjud zot.

53. al-Vakil – hamma ishlarni oʻz zimmasiga, kafolatiga oluvchi.

54. al-Qaviy – haqiqiy quvvat va qudrat egasi.

55. al-Matin – quvvatli, matonatli.

56. al-Valiy – doʻstlariga doʻst, madadkor.

57. al-Hamid – hamdu sanoga, maqtovga loyiq zot.

58. al-Muhsiy – barcha maxluqot va mavjudotlarning hisob-kitobini yaxshi biluvchi.

59. al-Mubdiʼ – yoʻqdan bor qiluvchi, yaratuvchi.

60. al-Muid – hayotdan oʻlimga, oʻlimdan yana hayotga qaytaruvchi.

61. al-Muhyiy – tiriltiruvchi.

62. al-Mumit – oʻldiruvchi.

63. al-Hay – tirik.

64. al-Qayyum – oʻz-oʻzidan turuvchi, boshqalarni turgizuvchi.

65. al-Vojid – xohlagan narsasini topuvchi.

66. al-Mojid – karamli va sharafli zot.

67. al-Vohid – yagona, bir (xudo – bir).

68. as-Samad – behojat, hojatbaror.

69. al- Qodir – qudratli.

70. al-Muktadir – qudratli, qodir.

71. al-Muqaddim – oʻziga yaqin qiluvchi.

72. al-Muaxxir – oʻzidan uzoq etuvchi.

73. al-Avval – hamma narsadan avval, boshlanishi chegarasiz.

74. al-Oxir – hamma narsadan boqiy, oxiri cheksiz.

75. az-Zohir – borligi hamma tomonlama ayon boʻlmish zot.

76. al-Botin – oʻzi mavjud, lekin sezgi vositalarimizdan maxfiy zot.

77. al-Voliy – barcha ishlarni tasarruf etuvchi hokim.

78. al-Mutaoliy – ulugʻ, oliy martabali.

79. al-Barr – yaxshilik va ehson sohibi.

80. at-Tavvob – tavbalarni qabul etuvchi

@dinnim_islom