Get Mystery Box with random crypto!

Agnostitsizm teologiya, oʻlimdan soʻnggi hayot, xudo kabi meta | Dinlar tarixi

Agnostitsizm teologiya, oʻlimdan soʻnggi hayot, xudo kabi metafizik mavzularga oid ma’lum iddaolarning haqiqiy yechimini bilish ilojsiz ekanini ta’kidlovchi falsafiy dunyoqarashdir. Bunga sabab sifatida obyektiv reallikni oʻrganish doim subyektiv bilish orqali kechishi koʻrsatiladi. Odatda agnostitsizm xudoning mavjudligi yoki emasligi masalasiga oid dunyoqarashga aytiladi. Agnostitsizm dunyoqarashiga ega shaxs agnostik deyiladi. Aksar agnostiklar ateistlar bilan bir qatorga qoʻyilsada, ba’zi agnostiklar teist boʻlishlari ham mumkin.
@dinlar_tarixi