Get Mystery Box with random crypto!

Tunlarim g’aflatda, kunduzlar yaldo,  Namozdan qoldirar arzima | Islomiy_she'rlar✨

Tunlarim g’aflatda, kunduzlar yaldo, 
Namozdan qoldirar arzimas g’avg’o, 
Tirikman deyishga haqqim yo’q also, 
Robbim deb yolvoray, eshitgil ohim 
Behad gunohkorman, kechir Allohim!

Foydasiz ishlarga berildim tinmay, 
Qancha vaqtim behuda o’tganin bilmay, 
Bu harob holatda jonimni olmay, 
Imkon ber tavbaga, eshitgil ohim 
Behad gunohkorman, kechir Allohim!

Amru ma’ruf qildim, amal qilmadim, 
O’zga aybin ko’rdim, o’zim bilmadim, 
Tunlar yig’ab yurak bag’rim tilmadim 
Bir Senga yig’layin, eshitgil ohim 
Behad gunohkorman, kechir Allohim!

Har kimdan so’radim -"Dinga ne qilding?" 
"Nimani o’rganding, nimani bilding?" 
O’zimga demabman, "O’zing ne qilding" 
Sajdada so’rayman, eshitgil ohim, 
Behad gunohkorman, kechir Allohim!

Oyatlar o’qibman tadabbur qilmay, 
Bu oyat nima der, ma’nosin bilmay, 
Tog’ri yo’lga solgin o’limim kelmay 
Hidoyat talabman, eshitgil ohim 
Behad gunohkorman, kechir Allohim!

Bugun Robbim juda afsusdadirman, 
Kechmasang bilmadim ne ishdadirman, 
Kechirsang aniqki behishtdadirman 
Kechirgil, tinglagil, eshitgil ohim 
Behad gunohkorman, kechir Allohim!

    
@diniy_sherlar

Yaqinlaringizga ham ulashing!