Get Mystery Box with random crypto!

GUNOHGA MUBTALO BO‘LUVCHINING BIR AJOYIB MISOLI Agar banda | 𝐴𝑙 𝑑𝑢𝑛𝑦𝑎𝑚🕊

GUNOHGA MUBTALO BO‘LUVCHINING BIR AJOYIB MISOLI

Agar banda gunohga mubtalo bo‘lsa, u holda u beparvo bo‘lib qoladi. Bir gunohdan keyin ikkinchi gunohni qila boshlaydi. Ayni shuning uchun ba’zi salaflardan naql qilinganki, ular shunday deganlar:

إن من عقوبة السيئة السيئة بعدها وإن من ثواب الحسنة الحسنة بعدها

Ya’ni: "Shubhasiz, gunohning jazosi gunohdan keyin gunohdir va yaxshilikning mukofoti yaxshilikdan keyin yaxshilikdir” (Al-javobul kofiy, 56).
Sababi shuki, gunohga bir marotaba jur’at bo‘lsa, u holda odam ko‘proq gunoh qilishga himmat ko‘rsatadi. Uning bir ajoyib misolini ba’zi orif zotlar bayon qilganlar, ular shunday deganlar: "Bir kuni bir kishi loyda kiyimlarini yig‘ishtirib olib va oyoqlari toyib ketishidan qo‘rqib, nihoyatda ehtiyot bo‘lib yurib ketayotgan edi. Lekin bir joyda oyog‘i toyib ketdi va loyga qulab tushdi. Keyin biroz o‘nglanib turib yurib ketdi. Endi, o‘rtada aynan loyning ichidan yura boshladi. Chunki, loy badan va kiyimlarga tegib bo‘lgach, unda "Endi nega ehtiyot qilayin?” degan o‘y bo‘ldi. Shu tarzda ehtiyotsizlik ila yurib biroz oldinga yurgandan keyin yig‘lay boshladi va shunday dedi: "Bandaning holi ham aynan shundayki, gunohdan saqlanaveradi va ehtiyot bo‘lib yuraveradi. Lekin bir-ikki gunoh qilib qo‘ysa, u holda gunohlarga sho‘ng‘iy boshlaydi" (Ihyoul ulum, 2/54).
Allohu Akbar! Naqadar ibratli voqea! Uni zehningizga yaxshilab joylab oling. Toki, gunohdan saqlanishda qo‘l kelsin va osonlik ila saqlana oling.

"Biz gunohdan qanday saqlanamiz" kitobidan.
mehrob_uz

@diniy_rasmlar