Get Mystery Box with random crypto!

1443 1 sha'bon oyi (juma kunidan boshlandi SH | 𝐴𝑙 𝑑𝑢𝑛𝑦𝑎𝑚🕊

1443 1 sha'bon oyi

(juma kunidan boshlandi

SHA’BON OYI HAM KIRIB KELDI...

Islomdagi fazilatli oylardan biri Sha’bondir. Nabiyimiz sollallohu alayhi va sallam bu oyning ko‘prog‘ini ro‘za tutish bilan o‘tkazardilar.
Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ramazon oyidan boshqa oyda to‘la ro‘za tutganlarini ko‘rmaganman. Boshqa oylarda sha’bondan ko‘ra ko‘proq ro‘za tutganlarini ko‘rmaganman» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
Sha’bon Muhammad sollallohu alayhi va sallamning oylari hisoblanadi.
Ushbu oy haqida Allohning Rasuli sollallohu alayhi va sallam: «Sha’bon oyi mening oyimdir», deganlar.
Sha’bon oyida ibodat qilgan, ro‘za tutgan, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga salavoti sharif keltirgan va umuman ushbu oyning barcha amallarini bajarib, uni yanada rivojlantirgan bandalarga ishorat qilib Haq taolo bunday deydi: «Qarang, ko‘ring, bandalarim Rasulimning oyi bo‘lmish sha’bon oyiga qanday hurmat va e’tibor ko‘rsatyaptilar. Jalolim haqqi, Men ham ularni afv etdim».

Manba: (Hijriy-qamariy taqvim).
RAMAZON OYIGA O‘TTIZ KUN QOLDI

@diniy_rasmlar