Get Mystery Box with random crypto!

Jamoat namozida minglab odamlar ishtirok etishiga qaramay, iqo | Dinim Islom...☪

Jamoat namozida minglab odamlar ishtirok etishiga qaramay, iqomat takbiri aytilishi bilan jamoat tezda safga toʻgʻri holatda tiziladi. Dunyoda hech bir holat namozdagi safchalik tez tartibga kelmaydi.

Sababi, takbir ovozini eshitgan har bir kishi eng avvalo, oʻzini toʻgʻrilashga, isloh qilishga eʼtibor qaratadi, atrofi bilan ishi boʻlmaydi. Oʻzini isloh qilib boʻlgandan keyingina boshqaga toʻgʻrilanishni tavsiya qiladi.

Agar qolgan sohalarda ham odamlar boshqalarni ishiga, yurish-turishiga "burun suqmasdan" oʻzlari bilan band boʻlganlarida edi, hozir rivojlangan davlatda yashayotgan boʻlardik...

Musulmon ahliga Juma muborak!

Internetdan