Get Mystery Box with random crypto!

​​​​BESHTA FOYDALI MAʼLUMOT 1. Azon nihoyasiga yetgach, unin | *Xayot*

​​​​BESHTA FOYDALI MAʼLUMOT

1. Azon nihoyasiga yetgach, uning duosini aytganingizdan soʻng oʻzingizni ijobat boʻladigan duodan mahrum qilmang.

2. Namoz oʻqiyotganingizda gunohlaringiz qayerga qoʻyiladi ?
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Agar banda namoz oʻqishga kirishsa, uning barcha gunohlari boshiga va yelkasiga qoʻyiladi. Rukuʼ va sajda qilganda esa gunohlari undan soqit boʻladi.
Ey namozini shoshib oʻquvchi doʻstim ! Gunohlaring sendan soqit boʻlishi uchun imkon qadar rukuʼ va sajdalaringni komil qil.Bunday ajr mukofotni oʻtkazib yuborma.

3. Har namozdan soʻng Oyatal Kursiyni oʻqisangiz, siz bilan jannat orasida faqat oʻlim qoladi.

4. Namozni tugatganingizdan soʻng shoshilmang, bir oz muddat oʻtiring, chunki farishtalar Robbingizning huzurida siz uchun duo qiladilar .

5. Bir soliha ayol vafot etibdi. Uning qabrining tuprogʻidan xush boʻy hid taralardi. Buning boisini eridan soʻraganlarida u, ayolim har doim uxlashdan avval «Mulk” surasini tilovat qilishni tark qilmas edi, bu uning odatiga aylangan edi, dedi.
Mulk surasini oʻqishga haris boʻling. Chunki u qabr azobidan najot beruvchidir.