Get Mystery Box with random crypto!

Bu xayotda yoki Millioner bo'ling yoki xech kim. To'g'risi | Dildora Raimjanova

Bu xayotda yoki Millioner bo'ling yoki xech kim.

To'g'risini aytsam, men muvaffaqiyatga beriluvchan odamlardanman. Kechalari uxlamayman va orzularim, maqsadlarimni amalga oshirish uchun mehnat qilaman.

Shuningdek, vaqti-vaqti bilan mag'lubiyatni ham boshdan kechiradiganlar qatoridanman. Shunday holatlardan biri, qattiq charchoq natijasidagi jiddiy kasallik meni 3 oy mobaynida, shiftga termulib mutlaqo hech narsa qilmay yotishga majbur qildi. Ammo shu dam orasida mening miyamda tartib yuzaga keldi. O'sha damdagi g'oyalar tufayli hozirgi "uchayotgan" kontentim yaratilyapti.

Ma'lum bo'lishicha, so'nggi paytlarda "ish topib beraman - oson ish" "men bilan oson pul topasiz" bunday kontentlar juda ham ko'payipti. "Osongina erish", "Men hech qanday qiyinchiliksiz yarim million topdim" va shunga oxshash sarlavhalar o'zlarini qadrsiz qilib qo'yadilar. Barchasi bir xil ozdiradigan sehrli tabletka kabi, faqat boshqa o'ram bilan.

Oson daromad bor! Lekin unga yetib kelish uchun siz daxshatli mehnatni boshdan o'tkazishingiz kerak."Oson daromad olish" deb ataladigan termin, aslida shunchaki yaxshi qurilgan tizimdir. Bunga yaxshi tashkil etilgan, tartibli rejimdagi rejalangan mexnat, xizmatlaringizning sifatli ko'rinishi kiradi.

Bu “oson” sarlavhalar insonning shunday tizim yo‘lida bosib o‘tgan ulkan va mashaqqatli mehnatini shunchaki o‘chirib tashlaydi va butunlay adashtiradi. Xuddi: "Tovba, men 24/7 ishlayapman, lekin buni osongina yo'li borakan, shu bilan men millionlarni topa olar ekanman" degandek. Yo'q, unday bo'lmaydi

Agar men maksimal mehnat bilan shug'ullangan bo'lsam, "oson daromad olish" esa umuman mehnat qilish shart emasligini anglatadi. Oson daromad bor lekin avval qiyin mehnatdan o'tasiz, keyin osonlikka yetasiz!

Men hozir yurmoqchi bo'lgan yo'lim - bu muvozanat: hayotni yashash, o'zini xursand qilish, bayramlarni tashkil qilish, yaxshi dam olish, fokusimni hayotning boshqa barcha sohalariga ham qaratish, oilam davrasida ishni unutish, yaxshilik qilish va shu bilan birga bilganlarimni yanada rivojlantirishda davom etishdir.

BALANS - bu eng yaxshi narsa.

Bir narsani unutmang: iltimos, tanaffus qiling va o'z tizimingizni muvozanatda qurishni boshlang. Lekin avval dam oling

https://t.me/dilyaraimjanova