Get Mystery Box with random crypto!

Bahonalar buguningizni oson, ertangizni qiyin qiladi; Intizom | Dilshodbek Odilov | Blog

Bahonalar buguningizni oson, ertangizni qiyin qiladi;

Intizom esa buguningizni qiyin, ertangizni oson qiladi...


Intizomli boʻling (Qoʻlingizdan kelguncha) unutmang rejasiz ish, keltirar tashvish.

Misol: Sizda 6 oy vaqt bor OTM topshirishga agar sizga bu vaqtda tayyorlanib boʻlmaydi deyishsa qoʻl siltab ketmang. Sababi siz aytgan 6 oyda sizga maslahat bergan odam tayyorlana olmaydi siz esa uddalay olasiz albatta reja, intizom bilan.

Huquq kitobini olaylik albatta oʻqib uqish qiyin lekin uddalasa boʻladi. Kunda 2 ta mavzu qarabsiz-ki 100 ta mavzuni 50 kunda oʻqib tugatasiz (aslida huquq kitoblaridagi umumiy mavzular 100 ta ham emas). Siz intizomga amal qiling. Hozir sizga huquq kitobi kerakmi faqat huquq kitobini oʻqing, qolgani kutib turadi. Fokusni bir joyga qaratsangiz albatta natija boʻladi.

Oʻqishga kirolmasamchi sizni aytganingizni qilib bekordan oʻquv kurslariga pul va vaqt sarflaganim qoladimi?

Ahmoq boʻlmang baribir oʻsha 6 oyni telefon, choyhona, qizlar, qimmat kiyimlar (zebu ziynat, atir va pardoz andoz shu narsalarni oʻfshiy nomini topolmadim qizlarni oʻzi biladi) va.k.larga vaqtingizni va pulingizni sarflaysiz. Undan koʻra tejab oʻqishga sarflang. Bilaman bu qiyin lekin bugun hozirda yoshsiz rohatdan foydalanib qolsangiz ham boʻladi. Lekin bugun qiynaling ertaga ham qiynaling uzoq vaqt qiynaling lekin qariganingizda rohat koʻrasiz.

Hech qachon unutmang biz harakat qilamiz Alloh barokat beradi. Harakatda barokat deydi-ku buni mendan ham yaxshi bilasiz.

Harakatsiz natija kutmang, men harakatsiz natija kutadigan insonlarni namoz oʻqimay jannatni orzu qiladigan insonga oʻxshataman.

Ha telefonni ortidan turib gapirish osonda? Ilming koʻpaygur biz harakat qilishimiz kerak. Natijasiga biz har doim ham javobgar boʻlmaymiz. Alloh peshonamizga yozgani boʻladi.

P.s. Post 19 yoshli hayotni past balantlarini ozmuncha koʻrgan kamina tomonidan yozildi hatolari boʻlishi mumkin.

Alloh ilmimizni ziyoda qilsin!
@Dilshodbek_Odilov_blog