Get Mystery Box with random crypto!

Dildan

Telegram kanalining logotibi dils_blog — Dildan D
Telegram kanalining logotibi dils_blog — Dildan
Kanal manzili: @dils_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 118
Kanalning ta’rifi

This channel is for only girls)
Menga xat - @dilgaxat_bot
Dreams come true 🇺🇸💜

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-10-05 01:18:41 Inson ba'zan to'xtab o'z qalbini ham eshtishi kerak. Ruh zaiflashishi, aqlning susayish vaqti bo'ladi. Shunday paytda shunchaki vaqt bering.
132 views22:18
Ochish/sharhlash
2022-10-04 19:55:55 Qizlar turk tili A1 ga qabul boshladim. Ko'p o'quvchi omiman, chunki ishlarim judayam ko'payib ketyapti.

Turk tilini o'rganmoqchi bo'lganlar, menga murojaat qilarsizlar.
@shayrens shunga yozinglar

ulgurib qolila, uje 2 ta odam joy band qilib bo'lgan. qolganini menga yozganilada gaplashib olamiz. zaldan chiqib yana bafurja yozaman.))
116 views16:55
Ochish/sharhlash
2022-10-04 19:49:18 Aunt'im russkiy'dan C1 olibdilar. Ko'zlarim yonib ketdi. Qiyinchilik kelganda uni yengib o'tib, hecham to'xtamaydigan insonlarni butun borlig'im bilan sevaman .

Esizda bo'lsin, 0 dan boshladim deb hecham ranjimang, minusdan boshlaganlar ham bor)
129 views16:49
Ochish/sharhlash
2022-10-04 19:09:04
#coffeetime

Qahva tayyorlashni o'rgataymi?
126 views16:09
Ochish/sharhlash
2022-10-03 19:05:09 1. Motivatsiya kutmang. Kayfiyatingizni boshqarishni o'rganing iloji boricha. Ya'ni odamlarga ruhiy tobe bo'lmang. Kimdir kelib "Voy bechoraginam senga qiyin tushinaman" deyishiga muhtoj bo'lmang. O'sha qo'lni kerak paytda o'zingiz uzating o'zingizga. Chunki, insonni o'zi chindan istamasa tog' ham qimirlata olmaydi. Siz esa tog'lar ham to'xtata olmaydigan darajada kuchli bo'ling.

2.Band bo'ling, yoki o'ta banddek ko'rining. Keraksiz muhokamalardan boshqa ishlaringiz ham bo'lsin. Ignore qila oling atrofdagi kamchiliklarni, har qanday negativ narsani ham positive tomonini topadiganlardan biri bo'ling. Bundaylar kam lekin siz uddalaysiz.

3. Kuchli bo'ling. Har tomonlama, ma'nan, ruhan, ilmiy, diniy, biznes, chizish, yozish. Har qanday sohada zo'ri bo'lishga harakat qiling. Istasangiz hozirda ko'rinmagan skill'larni ham mukammalikka olib chiqa olasiz.

4. O'zingizga ishoning. Sizningcha o'ziga ishonchni qayerdan olamiz biz?
1) Tashqi ko'rinish.
2) Tajriba orttirishdan.
3) Ruhiy yetuklik, anglash. Va h.k.

5.Qo'yib yuboring. Hammani, har doim ushlab qololmaysiz. Negaki, odamlar doim keladi, ketadi. Hozir hayotingizda kim bo'lsa ayni vaqti, demak shu kerak sizga. yaxshi bo'lsa - baxtingiz, yomon bo'lsa - darsingiz bo'lsin. Bir teoriya yodingizda tursin: "Qo'yib yubor, senga keraklilari o'zi keladi". (Ayni o'tmishdagilari kelishi shartmas, hayrlilari kirib keladi.

6. O'zingizni seving Top'ga aylangan tushuncha bugungi kunda. O'zini sevish qanday bo'ladi?
O'zingizni o'rganing. Nimaga qiziqsangiz o'shani qilib ko'ring. "Tavakkalchini ishi besh" deyishgan. Sevish faqat oynaga qarab o'tirish emas, shaxsiy rivojlanish. Erta turing, sog'lom yashang. Ilm oling. Zero boshimiz ichidagi bizga nega berilgan ahir?

7. Atrofni kuzating. Oilangizni, insonlarni eshting, band vaqtingizdan kerakligicha ajrata oling. Kuzating, maslahat bering, bilimlaringiz bo'lishing. Birni bersangiz, ming bo'lib qaytadi.

Hullas, Aqlli qiz bo'ling
198 views16:05
Ochish/sharhlash
2022-10-03 09:20:37 Sen sevgi deb yonayotganing shunchaki sympathydir balkim. Sen "shu men xohlagan inson, vaydod sevaman" deyayotganing, kechalari o'ylab chiqishingga arzimas balkim. Sen vaqt ketkazib gaplashayotganing, xayolingni chalg'itayotganing orzularingdan, maqsadlaringdan ustun bo'lolmas balkim.

Aqlni ishlatish kerakdir? Yurak nimalarni xohlamaydi? Irodaliroq bo'lish kerakdir? Maqsadlarga xiyonat qilmaslik kerakdir?
115 views06:20
Ochish/sharhlash
2022-10-02 12:44:24
Kuz...
Mening kabi telbalar fasli

Rasmlar asal bilaman
251 views09:44
Ochish/sharhlash