Get Mystery Box with random crypto!

Oila qurguningcha imkon qadar sevib qolma. Sevdingmi, qanday b | ☘Bîr însânîm vâr🌿

Oila qurguningcha imkon qadar sevib qolma. Sevdingmi, qanday bo'lmasin o'sha insonga uylan yoki turmushga chiq. Boshqachasiga bir umr qiynalasan. Baxting, umuman to'ks bo'lmaydi hech nima. Ko'ngling to'lmaydi. Hech nima chin dildan bo'lmaydi. Odamlarga baxtli ko'ringaning bilan nimadir kam. Talpinganing begona. Qancha harakat qilma o'zingni aldolmaysan. Gap-so'zlaring esa o'xshamaydi, hammasi soxtadek. Ichingdan o'tganini faqat ichingga yutib yashashga, bariga ko'nishga majbur bo'lasan. Senga birov bu yo'lni tanlab bermagan. Hech kimdan xafa bo'lolmaysan. Taskin topadiganing birgina Tangrim bo'ladi. Yaxshisi sevma. Yuragingni mahkam qil, haqiqiy sevgi uchun qalbingni asrab qo'y. Haqiqiy sevgi esa to'ydan keyin boshlanadi...