Get Mystery Box with random crypto!

Tomchi bo‘lay olib ket deya Bulutlardan so'radim panoh Yelkala | ☘Bîr însânîm vâr🌿

Tomchi bo‘lay olib ket deya
Bulutlardan so'radim panoh
Yelkalarim bunchalar og‘ir
Nahot seni eslamoq gunoh
Uxlolmayman tunlar qorong‘u
Xayollarim chigal tuguncha
Yuqlamagin yetar bo‘ldi bas
Tushlarimga kirma buguncha
Yomg‘ir kabi yerni quchoqlab
Azoblandim zulming tufayli
Uzurlaring ortiq kerakmas
Sevging bilan muzlab qol mayli
Baxtli yasha armon shahrida
Alam bilan do'st bo‘l umrbod
Hatto sendan qolmas xotira
Tuyg'ularim qilganman ozod
Ketayapman qaramay ortga
Sovuq qotdim kulganim bilan
Eh, bechora oldingdan bir kun
Men o'taman sevganim bilan