Get Mystery Box with random crypto!

Bugun bir tut daraxtini ko‘rib rahmatli buvimni esladim. Ko‘ch | Qalb oromi...

Bugun bir tut daraxtini ko‘rib rahmatli buvimni esladim. Ko‘chamizda bahaybat tut daraxti bor edi. Uning tanasiga qaraganimda doim ikki odam quchoqlasa sig‘armikan yoki uch odammi, deb o‘ylardim. Uyimiz tomiga shoxlari egilib turardi. Sirg'anib ketishdan qo'rqsam-da, oppoq donachalarning betakror mazasidan totish uchun tomga chiqardim. Tayyor terilgan mevadan ko‘ra tut va gilosni daraxtiga yoki tomga chiqib terib yeyishni afzal ko‘rardim. Hozir na o‘sha shoxlari to‘rt tarafga yoyilgan ulkan daraxt, na hovlimizdagi gilos bor. Buvim ham...

Biz Allohnikimiz va unga qaytuvchimiz...