Get Mystery Box with random crypto!

Shizoidlar haqida gaplashamiz. Shizoidlikni bolalikdan hatto | DILOROM RAIMXOJAYEVA - "DIL OROMI"

Shizoidlar haqida gaplashamiz.

Shizoidlikni bolalikdan hatto homila davridan boshlab shakllanadigan psixotip desak ham bo'laveradi.

Shizoid holati- men munosabatlarni xohlayman, lekin ja yaqinlashib ketmasin.

Ular asosan yolg'izlikni yoqtiradilar. O'z holatlari, o'z olamlari bor. Agar uni olamidan chiqarishga harakat qilsangiz, hatto Sizni jazolashi ham mumkin.

Shizoidlar juftlikda mas'uliyatsiz. Unga hamma narsani hal qiladigan, ro'zg'orni qilib qo'yadigan, to'lovlarni amalga oshiradigan, farzandlar tarbiyasida yordam so'ramaydigan juft kerak. Munosabatlarda ham mas'uliyatni yelkaga olishmaydi, xiyonatga moyil bo'lishadi.
Jufti bilan ham qalban yaqin bo'la olmaydi.

Rassomlar, shoirlar, san'atkorlar, olimlar va intellektual faoliyat bilan shug'ullanadiganlarning aksariyati shizoid tipi bo'ladi. Agar biror bir faoliyatga sho'ng'iy olishmasa, turli xil zararli odatlarga sho'ng'ib ketishlari mumkin. Masalan, alkogol, tabletkalar yoki narkotikkacha.

Bolalikdanoq yolg'izlikni xohlashadi, boshqalar bilan do'stlasha olmaydi, yoki shunchaki bir o'zlari o'ynaydi.

Odamlar ko'ziga odamovi ko'rinishi mumkin. Do'stlari, yaqinlari uni hadeb aktivlikka chorlayverishi unga og'ir ta'sir qiladi.

Shizodlar muammolardan qochishadi. Ularga har doim hamma narsaning himoyalangani kerak. Himoyalangan munosabatlar, himoyalangan maqsadlar, himoyalangan vaziyatlar, himoyalangan moliya. Har doim o'zlarini nimadir bilan himoyalab olishga intilashadi. Tashqi olam ular uchun xavfli, shuning uchun o'zlarini himoyalash uchun choralar qidiradi. Kimdir mansab bilan o'zini himoya qilsa, kimdir haddan ortiq pulga berilib yoki ijodga berilib, yoki yomon odatlarga berilib o'zini himoyalaydi.

Shizoidlarga tavsiya: olam faqat xavf-xatardan iborat emas, keng fe'lli bo'ling.

Shizoidlik belgilari Sizda bormikan, balki atrofingizda shunday insonlar bordir. Bo'lsa, qo'l ko'tarib qo'yinglar

@Dilorom_Raimxojayeva
@Diloromi_bepul_darslar
@diloromi_natijalar