Get Mystery Box with random crypto!

Dilnur A'zamov

Telegram kanalining logotibi dilnurazamov — Dilnur A'zamov D
Telegram kanalining logotibi dilnurazamov — Dilnur A'zamov
Kanal manzili: @dilnurazamov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 159
Kanalning ta’rifi

☀️Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi
☀️Samarqand “Kelajak liderlari” klubi a’zosi
📚✍️ Kuzatuv. Fikr. Munosabat.
@Dilnur_Azamov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-10-12 05:50:30 Viloyatlar budjeti ham xalq tomonidan taqsimlanadi.

Davlat rahbari tomonidan kecha o'tkazilgan yig'ilishda "Tashabbusli budjet" bo'yicha samarali natijalarga erishilganligi alohida e'tirof qilinib, keyingi mavsumdan boshlab hozirgidan 3,5 baravar ko'p mablag' (8 trln so'm) ajratilishi hamda endilikda viloyat budjetlari qo'shimcha daromadlarining 30% qismi ham "Tashabbusli budjet"ga berilishi ta'kidlandi.

To'g'risi, bu men uchun kutilgan yangilik edi. "Tashabbusli budjet" jarayonlarida hamqishloqlar birgalikda 4 ta loyiha bilan ishtirok etib, 2 marta g'olib bo'ldik. Bu jarayonda aholining faolligi oshganligi va birlashib harakat qilganligining guvohi bo'ldim. Mahallalar o'zlari duch kelayotgan muammolarni birgalashib hal etishmoqda.

P.S. Biz ishonib saylagan xalq vakillari - deputatlardan ham davlat budjetini taqsimlash jarayonida faolroq bo'lishlarini kutib qolamiz. Birinchi darajali muammolar qolib, qandaydir forumu ko'ngilochar tadbirlar, haykallar qurish avj olmasligi kerak.
87 viewsedited  02:50
Ochish/sharhlash
2022-10-11 13:16:36 Toshkent shahrida avtomobillar uchun harakatlanish tezligining cheklanishi, kunda yoki kunora sodir bo‘layotgan avariyalar juda keng muhokama qilinmoqda. Shu to‘g‘risida tarmoqlardagi yozishmalarni kuzata turib quyidagi Finlyandiya tajribasiga duch kelib qoldim.

Finlyandiya aholisi 5,5 mln atrofida bo‘lib, 2021-yilda mamlakatda yo‘l-transport hodisalari oqibatida 219 kishi halok bo‘lgan. Bu har 100 ming kishiga 4 qurbon degani. 2001-2019 yillarda birorta ham piyoda yoki velosipedchi halok bo‘lmagan, 2021 yilda esa 2 nafar piyoda halok bo‘lgan. Jiddiy jarohatlar soni ham keskin kamaygan. (Solishtirish uchun 35 mlnli O‘zbekistonda 2021-yilda avariyalarda 2 ming 426 kishi halok bo‘lgan, 9 ming 230 kishi esa turli darajada tan jarohati olgan). Bloomberg nashri Finlyandiyaning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdagi yutuqlarini quyidagi sabablar bilan izohlaydi.

Tezlikni cheklash

O‘tgan asrning 70-yillarida Finlyandiyada shaharlarda eng yuqori tezlik 50 km/s bo‘lgan, 2000-yillarga kelib bu 40 km/s.tushirilgan. Hozirda mamlakatdagi shaharlar ko‘chalarining yarmidan ko‘pida 30 km/s tezlik o‘rnatilgan. Bundan tashqari, shahar yo‘llari imkon qadar haydovchilar o‘zini noqulay his qilishi, ya’ni tez haydamasligi uchun mo‘ljallab qurilgan/loyihalangan. Masalan, yo‘llarda bitta polosa kengligi 3,5 metr, hatto 3,2 metrni tashkil qiladi, Amerikada bu 3,7 metr. Yo‘llar bo‘ylab ekilgan daraxt va butalar ham shofyorlar sekinroq haydashi uchun moslashtirilgan. Shahar markazlariga mashina kirishini taqiqlashdan ko‘ra (Oslo, Amsterdamdan farqli o‘laroq) tezlikni pasaytirish yo‘lidan yurilmoqda.

Tez haydagan ko‘proq to‘lasin

Tezlikni pasaytirish hamda ko‘chalarni xavfsiz qilib loyihalash, albatta, tez yuradiganlar sonini kamaytiradi. Lekin butunlay yo‘q qilmaydi. Buning uchun jazo ham qattiqroq bo‘lishi, jarima ko‘proq to‘lanishi lozim. Xelsinkida 35 ta avtomatik kamera o‘rnatilgan bo‘lib, belgilangan tezlikdan 20 km tez haydaganlar 200 yevro atrofida jarima oladi. Shahardagi kameralar bir vaqtning o‘zida ishlamaydi, lekin haydovchilar qaysi kamera qachon ishlashini bilmaydi. Ayniqsa, maktablar atrofida kameralar o‘rnatilishiga harakat qilishadi. Umuman, Finlyandiya tezlik uchun jarima o‘ziga xos. Agar haydovchi belgilangan tezlikdan 20 km tez haydasa, jarima qoidabuzarning daromadiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, 2002-yilda Nokianing menejerlaridan biri 50 km.lik hududda 75 km/s tezlikda harakatlangani uchun 116 ming yevro jarima to‘lgan. Ikki haftalik daromadi.

Har bir avariya chuqur o‘rganiladi

Finlyandiya avariyalarning sabablarini o‘rganishga katta investisiya kiritib keladi. Shunchaki avariyada kim yoki nima aybdorligi emas, butun sabab va omillar atroflicha o‘rganiladi, tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bu esa o‘z navbatida harakat xavfsizligi siyosatini, yo‘llarni hamda svetoforning ishlash prinsiplarini o‘zgartirishga turtki bo‘ladi. (Bizda mahallaga borib majlis qilishadi).

Kuchli va samarali jamoat transporti

Mamlakatda qishli-qirovli kunlar uzoq davom etadi, shunday bo‘lsa-da, aholining velosipedlardan foydalanishi kamaymaydi, juda noqulay holatlarda ham odamlar veliklardan tushmaydi, qolaversa, yaxshi tranzit va integratsiyalashgan transport tizimi tufayli odamlar jamoat transportidan ham uzviy foydalanishadi.
81 views10:16
Ochish/sharhlash
2022-10-10 08:57:32 #kuzatuv

Fikr muhim. Uning kim tomonidan aytilayotgani undan-da muhim.

Jamiyat hayotiga daxldor masalalar yuzasidan, muammolarning yechimi bo‘yicha oddiy odamlarning takror-takror berayotgan fikr-takliflari toki biror “kattakon” shu masala bo‘yicha munosabat bermagunicha e’tiborsiz qolib ketaveradi.
86 viewsedited  05:57
Ochish/sharhlash
2022-10-07 14:50:03 Viloyat Kengashi sessiyasidan: “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori F.Qurbonovning aytishicha, joriy yilning 9 oyi davomida viloyat aholisidan 4796 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 699 tasi takroriy murojaatlarni tashkil etadi. Bugunga kunda mazkur takroriy murojaatlarning 343 tasi, qurilish materiallari yetishmovchiligi sababli ijrosini ta’minlash kechikyapti.
Sessiyada murojaatlar yechimiga real e’tibor qilinmayotgani, imkoniyat bo‘lsa-bo‘lmasa va’da berilayotgani, oqibatda joylarda aholi murojaatida aks etayotgan transformator yoki simyog‘ochni temir-beton ustunlarga almashtirish muammosi yo‘g‘on ichakdek cho‘zilib kelayotganligi aytildi.

Bilasizmi, nega bunaqa holatga duch kelinadi yoki aksariyat holatlarda shu kabi masalalar atrofida aylanib yuraveramiz. Chunki murojaatchidan "qutilib olish" uchun "Bo‘ldi, bajaramiz!" deb va'da beriladi, lekin qachonligi aniq aytilmaydi. Juda katta tizimda samarali ishlash tizimi yo‘qligidan dalolat bu. Muammolar tartiblanmagan. Aqlli menejment, ishlarni ratsional taqsimlagan holda bajarish yo‘q. Viloyat bo‘yicha jami almashtiriladigan eski "stolba" va transformatorlarning aniq manzilli ro‘yxati ishlab chiqilib, aholiga ma'lum qilinishi kerak. Shunda fuqarolardan ortiqcha murojaatlar kamayadi. hamma o‘z hududida qachon ish bajarilishini aniq biladi. Shunga yarasha rejalashtirilgan ishlar ham o‘z vaqtida bajarilishi kerak.
110 views11:50
Ochish/sharhlash
2022-10-07 14:24:29
Prezident: Xalqchil Konstitutsiyani yaratish uchun shoshilmaslik kerak!
93 viewsedited  11:24
Ochish/sharhlash
2022-10-04 20:17:22
Kun.uz'ning navbatdagi multfilmi qishloq xo'jaligi bo'yicha ekan.

Yaxshi chiqibdi.
127 views17:17
Ochish/sharhlash
2022-10-04 17:01:08 Bugun 4-oktabr.

O'zbek xalqi tarixida qora kun sifatida qolgan sanalardan biri.

Millatimiz oydinlaridan ajralgan kun.

Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat va boshqa bir qator ziyolilar o'ldirilgan kun.

Alloh hammalarini rahmatiga olgan bo'lsin!
103 views14:01
Ochish/sharhlash
2022-10-04 15:27:12 2023-yilda qaysi masalalar birinchi navbatda hal etilishi lozim deb hisoblaysiz?
Davlat dasturi loyihasiga taklif bering.
Takliflaringiz Prezident Administratsiyasida tuzilgan ishchi guruhiga taqdim etiladi.

MENING TAKLIFIM BOR
TAKLIF QOLDIRISH
107 views12:27
Ochish/sharhlash
2022-10-01 09:16:12 Sizlarga vasiyat qilaman: maorif yo'lida ishlaydurg'on muallimlarning boshini silangizlar! O'rtadagi nifoqni ko'taringiz!Turkiston bolalarini ilmsiz qo'ymangizlar!

Mahmudxo'ja Behbudiy

P.S. Hal qilinishi lozim bo'lgan muammolarning tub ildizi ta'lim bilan bog'liq. Sifatli ta'lim uchun esa o'z kasbiga sadoqatli, jonkuyar, fidoyi o'qituvchi-murabbiylar ko'p va xo'b bo'lishi lozim.

Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz ustoz-murabbiylar!
133 views06:16
Ochish/sharhlash
2022-09-26 12:18:36
Янги Ўзбекистоннинг 2022—2026 йилларга мўлжалланган тараққиёт стратегиясини 2023 йилда амалга ошириш бўйича давлат дастури лойиҳасига таклифлар шакллантирилмоқда.

Ўз таклифларингизни jamoatchilik.uz платформаси орқали юборишингиз мумкин.

Платформада ҳар ким ўз ғоялари, таклифларини билдириш, изоҳлар қолдириш имкониятига эга. Бунинг учун рўйхатдан ўтиш ёки верификация талаб этилмайди. Муҳокамалар 2022 йилнинг 10 ноябрга қадар давом этади.

Ҳар бир фикр муҳим!
_________

Формируется пакет предложений для проекта госпрограммы по реализации в 2023 году Стратегии развития Нового Узбекистана на 2022—2026 годы.

Свои предложения вы можете направлять через платформу jamoatchilik.uz.

На платформе у каждого есть возможность высказать идеи, предложения, оставить комментарии. Для этого не требуется регистрации или верификации. Обсуждение продлится до 10 ноября 2022 года.

Важно мнение каждого!

@uzbyuksalish
140 views09:18
Ochish/sharhlash