Get Mystery Box with random crypto!

E'tibor so'ralmaydi, qozoniladi! Ha, aynan shunday. Agar c | 💜Dilnoza Ziyadullayevna💜

E'tibor so'ralmaydi, qozoniladi!

Ha, aynan shunday. Agar chindan ham juftim menga o'ta e'tiborsiz deb vaziyatni o'zgartirishni istasangiz, taftishni o'zingizdan boshlang!

Siz juftingiz uchun ahamiyatli bo'lsangizgina, u sizga e'tibor beradi.

Buning uchun «e'tibor ber» deb juftingizdan e'tibor tilanib o'tirmay, o'z ustingizda ishlang.

Eshitishlarini istayapsizmi, gapiring.

Faqat qanday gapirishni biling. Qiziq suhbatdosh bo'lish ham bir san'at. Buning uchun muntazam ma'naviy o'sishda bo'lishingiz kerak. Kitob o'qing, qiziq film ko'ring, kurslarga qatnang. Xullas, e'tibir kutishdan boshqa mashg'ulotlar toping o'zingizga.

Siz qiziq bo'ling, nega e'tibor bermas ekan? Shundog'am mahliyo bo'lib, go'zal, shirinsuxan, bilimdon juftidan ko'zini uzolmay qolsinki!