Get Mystery Box with random crypto!

Agar birovning tashvishi seni ham tashvishga solsa; - bilki h | 😌🌜✌️Baxtli❤️Baxtsizlar✌️🌛🙂

Agar birovning tashvishi seni ham tashvishga solsa;
- bilki hali tabiating toza ekan.

Agar oʻzingdan boshqalarda ham goʻzallikni koʻra olsang;
- bilki, ichki dunyoing goʻzal ekan.

Agar birodarlik rishtalarini muhofaza qila olsang;
- bilki, sen uchun nurli yoʻllarda doim hamroh topiladi.

Agar oʻzingdan boshqalarga ham yaxshilikni xolis qila olsang;
- bilki, sen vafoga juda yaqinsan!

Bilgin:
• Aybsiz doʻst qidirgan yolgʻiz yashaydi;
• Nuqsonsiz juft izlagan boʻydoq oʻtadi;
• Qiyinchiliksiz yor istasang... istab yuraverasan;
• Labingni faqat ikki narsaga ishlat:
- biri tabassum;
- ikkinchisi sukut.
• Tabassum mushkul ishlarni hal qiladi;
• Sukut esa mushkul ishlarni oʻtkazib yuboradi.

#__Shahzodbek