Get Mystery Box with random crypto!

Ko’pgina omillar bachadonning qisarishiga olib kelishga qodir, | Dilfuzashifo

Ko’pgina omillar bachadonning qisarishiga olib kelishga qodir, ammo gormonal o’zgarishlar boshqalariga qaraganda ko’proq qayd etiladi.

Bachadon tonusi sabablari
Shifokorlar tonus oshishining bir nechta keng tarqalgan sabablarini ajratishadi:

Bachadonda jarrohlik amaliyotlari o’tkazilganligi, shu jumladan abortlar.
Bachadonning anomal rivojlanishi (ikki shoxli, bitishishlar, bukilish va boshqalar).
Endokrin kasalliklar mavjudligi (tuxumdonlar polikistozi, qandli diabet va boshqalar).
Ayolning yoshi (21 yoshdan oldin va 40 yoshdan keyin).
Ayolning gormonal foniga va yuqorida sanab o’tilgan sabablarga qo’shimcha ravishda, boshqa ta’sir etuvchi omillar ham bor. Ularning orasida asosiylari:
• Asab tizimining holati. Buning sababi asab tizimidagi bezovtalik tufayli oksitotsin va adrenalin darajasi ko’tariladi. Agar asablar faoliyati optimal bo’lsa, bu holda gormonlar darajasi me’yordan yuqori bo’lmaydi va bachadonning silliq mushaklari tinch holatida qoladi. Agar ushbu gormonlar darajasi biroz oshadigan bo’lsa ham bachadon qisqarishni boshlaydi. Bejizga tug’ruq vaqtida uni stimulyatsiya qilish uchun ayolga oksitotsin berilmaydi.
• To’laqonli uyqu. Homildorlik davomida optimal uyqu miqdori 9 soat sanaladi. Bunga qo’shimcha ravishda tushlikda 2 soatlik uyqu foydali bo’ladi.
• Foliy kislotasi va vitamin E yetishmasligi. Shu sababli shifokordan kerakli vitamin kompleklsarini yoki barcha kerakli moddalar saqlovchi muvozanatli parhez buyurishni so’rash lozim.
Oqibatlari
Kasallikning yengil alomatlarini sezgan ko’plab ayollar shifokorga shikoyat qilishga shoshmaydilar. Biroq ba’zi hollarda yuqori tonus homiladorlikka tahdid soladigan jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Ushbu holatning eng ayanchli oqibatlaridan biri — spontan abort yoki oddiy qilib aytganda homila tushishi bo’lishi mumkin.
Homiladorlikning so’nggi haftalarida bachadon tonusi ba’zida homiladorlikning erta yakunlanishiga va muddatidan oldin tug’ruqlarga sabab bo’ladi.
Ushbu holat tahdid soladigan yana bir muammo — bu homilaning rivojlanishdan to’xtashidir.
• Normal homiladorlik davrida ayolning qon tomirlari yo’ldosh orqali homilaga uning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan kislorod va turli xil oziq moddalarni yetkazib beradi;
• Tonusning ortishi ushbu moddalar miqdorining sezilarli darajada kamayishiga yoki umuman yetishmasligiga olib keladi. Natijada homila gipoksiyadan aziyat chekadi va hatto nobud bo’lishi mumkin;
Qorin sohasida yengil tortishish hissi paydo bo’lganda ba’zi ayollar bunga ahamiyat berishmasa, boshqalari esa darhol eng yomon holatdan shubhalana boshlashadi. Homilador ayollarning qaysi toifasiga mansub bo’lishdan qat’iy nazar, har qanday shubhali holatlarda imkon qadar tezroq shifokorga ko’rinish tavsiya etiladi. Faqatgina u noqulaylikning asl sababini aniqlaydi va agar talab etilsa, to’g’ri davolash choralarini buyuradi.
Tashxislash
Homiladorlikning erta muddatlarida bachadon tonusini aniqlash qiyin vazifa emas. Shifokor dastlab bemor shikoyatlarini tinglab, dastlabki tashxis qo’yadi.
• Shundan so’ng, homilador ayol ultratovushli tekshiruvga yuboriladi, bu bachadon tonusi oshganligini tasdiqlaydi yoki rad etadi;
• Ko’plab ginekologlar muammoni palpatsiya orqali ham aniqlay olishadi.
Davolash
Bachadon tonusini bartaraf etish uchun birinchi navbatda uning sababini aniqlash talab etiladi. Maxsus gormon testlari ayol organizmida progesteron miqdorini aniqlashga yordam beradi. Agar uning darajasi pasaygan bo’lsa, shifokor ma’lum bir dori-darmonlarni buyuradi.
Umuman olganda, bachadon tonusini davolash quyidagi harakatlardan iborat:
Avvalo, bo’lajak onaning hissiy va ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan har qanday omillarni bartaraf qilish kerak. Homilador ayol sog’lom va qulay muhitda bo’lishi, nizolardan, qo’rquvdan, haddan tashqari asabiylikdan qochishi, o’zini faqat ijobiy his-tuyg’ular va ularni beradigan odamlar bilan o’rab olishga harakat qilishi zarur.
Haddan tashqari charchoq va dam olmaslik vaziyatni og’irlashtiradi, shuning uchun ayol ortiqcha charchamaslikka imkon beradigan normal ish tartibini tashkil qilishi kerak.