Get Mystery Box with random crypto!

Qur'on o'qishdagi maqsadlar. Ko'pchilchigimiz Qur'ondan faqat | Dilafruz Diary🌼📚🌵

Qur'on o'qishdagi maqsadlar.

Ko'pchilchigimiz Qur'ondan faqat ajr, savob olish uchun o'qiymiz. Aslida Qur'on o'qishda buyuk manfaatlar ham borligidan xabarlarimiz yo'q.

Qur'on o'qayotib, qancha ko'p narsani niyat-maqsad qilsak, Allohning izni ila ularning barchasiga erishamiz.

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Amallar niyatlar bilan e'tiborlidir. Har kishi uchun niyat qilgani bo'ladi».

Qur'on hayot yo'lidir, niyat esa bilganlar uchun buyuk tijoratdir.

DEMAK;

Qur'on o'qiyman:

1- Undan ilm olish va amal qilish maqsadida.

2- Allohning hidoyatiga erishish maqsadida

3- Allohga munojot qilish uchun.

4- Zohiriy va botiniy (tana va qalbdagi, hissiy- ma'naviy) dardlardan shifo topish uchun.

5- Alloh meni zulmatlardan nurga olib chiqsin, deb.

6- CHunki Qur'on qotgan qalblar shifosidir. Qur'on bilan qalb xotirjam bo'ladi, tiriladi, obod bo'ladi.

7- Qur'oni karim men uchun Allohning dasturxoni-ziyofati bo'lsin deb.

8- G'ofillardan bo'lmayin, zokirlardan bo'layin, deb.

9- Allohga ishonch, iymonim ziyoda bo'lishi uchun.

10- Alloh Qur'onni tartil bilan o'qing, deb buyurgani uchun.

11- Ajr- savob bo'lsin, Undan o'qiganim har bir harf uchun 10 ta hasana yozilsin, deb, Alloh yana xohlagan bandasiga bundan ham ko'paytirib berishidan umidvor bo'lib.

12- Qiyomatda Qur'on meni shafoat qilsin, deb.

13- Payg'ambar alayhissalomning vasiyatlarini bajo keltirish uchun.

14- Alloh Qur'on bilan meni ham, ummatni ham yuksaltirsin, deb.

15- Qiyomat Qur'onni o'qib, jannat darajalarida yuqorilash, viqor tojini kiyish, ota onamga butun dunyodan qimmat turadigan libos kiydirilsin, deb.

16- Alloh taologa o'zining kalomini o'qib yaqin bo'layin, deb.

17- Allohning ahli, xos kishilaridan bo'lish uchun.

18- Qur'onni mahorat bilan o'qib, Allohning ulug' elchilari, farishtalar bilan birga bo'lish maqsadida.

19- Allohning azobidan, do'zaxdan qutilish uchun.

20- Alloh taoloning birgaligiga erishish uchun.

21- YOmon qarishdan saqlanish maqsadida.

22- Qur'on menga qarshi emas, aksincha, foydamga hujjat bo'lsin, deb.

23- Qur'oni karimga qarash ibodat bo'lgani uchun ham.

24- Uzramdan sakiynat insin, meni Allohning rahmat chulg'ab olsin, Alloh o'z huzuridagi farishtalar oldida meni yod etsin, deb.

25- "Eng yaxshi inson" unvoniga sazovor bo'lish, Allohning fazlini qo'lga kiritish uchun.

26- Mendan hushbo'y taralib tursin deb.

27- Dunyoda adashmaslik, oxiratda badbaxt bo'lib qolmaslik uchun.

28- Alloh Qur'on bilan qayg'ularni ketkizishi, g'am tashvishlarni aritishi uchun.

29- Qur'on dunyoda yo'lboshchim, qabrimda hamrohim bo'lsin, jannatga eltuvchim bo'lsin, deb.

30- Alloh taolo Qur'on bilan meni tarbiya qilsin, Rasululloh alayhissalom bezangan axloqlar mening ham odobim bo'lsin, deb.

31- Nafsimni haq bilan mashg'ul qilayin toki u meni nohaq, behudalarga chalg'itmasin, deb.

32- Havoyi nafsimga, shaytonga qarshi kurashish bo'lgani uchun ham.

33- Qiyomatda Alloh men bilan kofirlar o'rtasiga parda- to'siq qilsin, deb.

Mana shu Alloh bilan bo'lgan, kafolatlangan, foydali tijoratdirki, Alloh taolo buning uchun o'zining fazli karamidan bitmas, tuganmas hadyalaridan ato etadi.

• Ulashing !
@Yu1dashevna