Get Mystery Box with random crypto!

Hayotda albatta oilaviy munosabat muhim ro'l o'ynaydi. Oilangi | ✒📝Statuslar olami❤

Hayotda albatta oilaviy munosabat muhim ro'l o'ynaydi. Oilangizning chiroyli bo'lishi, ishlaringizning yurishishiga, yoqimsiz bo'lishi esa, yurishmasligiga sabab bo'lishi mumkin. Lekin hozirgi kunda shunday erkaklar borki, ayollar bilan munosabat qilisha olmaydi. Ayolini yaxshi ko'radi, lekin xuddi ayoli unga nisbatan adolatsi bo'layotgandek, unga munosib javob qaytarmayotgandek. Men hozirgina bir film ko'rdim nomi (Метод Хитча) Will Smit o'ynagan. Bu filmda ayollarga qanday erkaklar yoqishi ko'rsatib berilgan. Umuman olganda erkaklar ayollarga yoqish uchun xarakat qilishadi, lekin xarakatlari o'xshamagandan keyin, ayollardan xafa bo'lishadi, boshqalardan. Ha ular xarakat qilishadi, lekin noto'g'ri xarakat qilishadi. Ayollar erkaklarga ko'ngil ochishlari uchun yo'l berishmaydi, erkaklarning xarakatlari ayollarning qiziqishini yo'qotib qo'yishi mumkin. Aslida bu juda ham uzun mavzu bo'ladi. Lekin bir narsani eslab qolingki, ayollarga haqiqiy erkaklar yoqadi. Erkak bo'lish va erkakdek ko'rinishning farqi bor.