Get Mystery Box with random crypto!

Sovib ketdi mendan koʻnglingiz... Nima qildim, oʻzim bilmayma | Dil chizgilarim...

Sovib ketdi mendan koʻnglingiz...

Nima qildim, oʻzim bilmayman,
Uzoqlashdik bu kun siz-u biz.
Ajib, aytar soʻzim bilmayman,
Sovib ketdi mendan koʻnglingiz...

Nima yoqmay qoldimmi, ayting,
Sizga boqmay qoldimmi, ayting,
Bir keraksiz boʻldimmi, ayting,
Sovib ketdi mendan koʻnglingiz...

Asli bahor kelgan boʻlsa ham,
Dilga qaygʻu, alam toʻlsa ham,
Ushbu kunda quyosh kulsa ham,
Sovib ketdi mendan koʻnglingiz...

Sizga nima boʻldi, bilmasman,
Qaysi hislar oʻldi, bilmasman,
Nega yoqmay qoldim, bilmasman,
Sovib ketdi mendan koʻnglingiz...

Mamadaliyev Samandarbek

@dil_chizgilarim