Get Mystery Box with random crypto!

Sevgi haqida... Dardni oshkor etib bo'lmas ekan do'stlar, Gul | Dil chizgilarim...

Sevgi haqida...

Dardni oshkor etib bo'lmas ekan do'stlar,
Gulni asrab-avaylarkan tikan do'stlar,
Hech insondan ruxsat so'rab kelmas ekan
Bitta tuyg'u ismi sevgi degan do'stlar.

Osmondan balandroqqa uchganlar bor,
Oyni o'pib, quyoshni ham quchganlar bor,
Sizdab kechib ketmayman deb aytganlar-u
Yana sizdan million, ming bor kechganlar bor.

Kimdir o'tib ketaverar tikanzorlardan,
Ba'zan sevgi ortiq azob o'qdan, dordan,
Bir ayting, sevgimizni kimga berdik,
Nahot vafo ko'rmagaymiz go'zal yordan ?

Hislar asta yig'ilsalar dil bo'ladi,
Daraxt kurtak tugar, so'ngra gul bo'ladi,
Muhabbatchi yuraklarga o'tlar yoqar-
Yurak yonib-yonib oxir kul bo'ladi !

Sokinlikni tilayman men dillariga,
Sevgi bilan o'tgan oy, kun, yillariga,
Sevgi sabab bulbul bo'lar zog'lar ham
Shirin bir so'z yarasharkan tillariga.

Dardni oshkor etib bo'lmas ekan do'stlar,
Oshiq faqat o'z ko'nglini yegan do'stlar,
Laylidan so'ng Majnunni ham jonin olgan
Bitta jallod-ismi sevgi degan do'stlar.

Mamadaliyev Samandarbek

@dil_chizgilarim