Get Mystery Box with random crypto!

Adobe Premiere Pro video tahrirlash dasturiga sun’iy intellekt | AI | DigiTech

Adobe Premiere Pro video tahrirlash dasturiga sun’iy intellekt qo’shadi. Uning yordamida obyektlarni qo’shish va olib tashlash, ramkani kengaytirish va videolarning davomiyligini oshirish mumkin bo’ladi.

Ular shuningdek, matnli so’rov asosida noldan video yaratish uchun alohida neyrotarmoqni qo’shishlari mumkin. Bu bo’yicha kompaniya allaqachon OpenAI va Runway bilan muzokaralar olib bormoqda.

Premiere Pro'ga yangi funksiyalar shu yil oxirigacha qo’shiladi. Hozircha sun’iy intellekt yordamida tahrirlangan videolarni ko’rib baholashingiz mumkin.

DigiTech