Get Mystery Box with random crypto!

IT va boshqa sohalarda til bilishning oʻrni Bir qoida bor: | Digital Marketing

IT va boshqa sohalarda til bilishning oʻrni

Bir qoida bor: Siz sohangizni yaxshi bilsangiz, bitta eshik, chet tilini ham bilsangiz, yana bir eshik ochiladi.

Bu qoida IT va qolgan barcha sohalarga tegishlidir. Misol uchun, siz dasturchi yoki grafik dizaynersiz va faqat oʻzbek tilini bilasiz. Shu sabab sizga faqatgina oʻzbek mijozlar murojaat qilishadi.

Agar siz ingliz yoki rus tilini bilsangiz, sizga dunyo boʻylab mijozlar murojaat qiladi va daromadingiz mahalliy sharoitda ishlab topgan daromadingizdan ancha yuqori boʻladi. Shuning uchun koʻplab IT sohasidagilar chet ellik mijozlar bilan shartnoma tuzishga harakat qilishadi.

Nimayam derdik, vaqtni behuda oʻtkazmang. Yaxshisi, til oʻrganishni boshlang. Hozirdan harakatga kirishsangiz, hammasiga bemalol ulgurasiz!