Get Mystery Box with random crypto!

Anonymous xakerlar Nestle'ning ma’lumotlar bazasini buzib kiri | Digital Marketing

Anonymous xakerlar Nestle'ning ma’lumotlar bazasini buzib kirishdi

Anonymous dunyoning eng yirik oziq-ovqat kompaniyasi Nestle'ning ma'lumotlar bazasini buzib kirdi va maʼlumotlarni nashr etdi. Unda 50 000 dan ortiq Nestle biznes mijozlari maʼlumotlari mavjud. Ma'lumotlar umumiy 10 GB ni tashkil qiladi.

Gap Nestle bilan hamkorlik qiluvchi kompaniyalarning maxfiy saqlanuvchi toʻlovlari, parollari va boshqa maʼlumotlari haqida bormoqda. Xususan, mehmonxonalar, barlar, oziq-ovqat doʻkonlari va boshqalar.

Oldinroq Anonymous kompaniyalariga (Nestle'ni ham) Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikni to'xtatish uchun 48 soat vaqt berishlari haqida ogohlantirgan edi.