Get Mystery Box with random crypto!

Rossiyalik foydalnuvchilardan buyuk koʻchish Roskomnadzor Ins | Digital Marketing

Rossiyalik foydalnuvchilardan buyuk koʻchish

Roskomnadzor Instagram ijtimoiy tarmogʻini Rossiya hududida 14 martgacha toʻliq bloklashini aytib, foydalanuvchilarga oʻz media maʼlumotlarini saqlab olish uchun ikki kun muhlat berishini aytgan edi. Ayni damda, Instagram foydalanuvchilari, blogerlar, mashhur shaxslar va hatto hukumat amaldorlari Telegram kanal ochib, oʻz auditoriyalarini Telegram'ga oʻtishga chaqirishmoqda.
Telegram kanallari boʻyicha statistik maʼlumotlar ulashib boruvchi tgstat.ru xizmati bergan maʼlumotlarga tayanib, Telegram Analytics'ning xabar berishicha, Instagram'ni blokirovka qilish rejalari eʼlon qilinganidan beri rus Telegram kanallariga 40 milliondan ortiq yangi obunachilar qoʻshilgan.