Get Mystery Box with random crypto!

NAFL NAMOZLARI. 1. ISTIQSO namozi: Alloh taolodan ekinlar | Dietalar & Fitnes

NAFL NAMOZLARI.

1. ISTIQSO namozi:
Alloh taolodan ekinlar, chorvalar uchun yomgir talab qilib oqiladigan namoz.

2. KUSUF namozi:
Quyosh tutilib, Nuri xiralashgan paytda imom va jamoat bilan masjidda oqiladigan namoz.

3. XUSUF namozi:
Oy tutilib nuri xiralashganda oqiladigan 2 rakatli namoz. Har bir odam oz uyida oqiydi.

4. XAVF namozi:
Qattiq yomgir, Suv toshqini, Zilzila yoki dushmandan saqlanish uchun oqiladigan 2 rakatli nafl namoz. Uni oqib bolgach Tavba va istigfor aytib , quyidagi duo qilinadi.

''YO RAB SHU VOQEANING ZARARIDAN SAQLAGIN"

5. ISTIXORA namozi:
Bir ulug ishni boshlashdan oldin xayrli yoki xayrli bolmaydimi degan shubhaga borsa oqiladigan 2 rakatli namoz.

6. HOJAT Namozi- har bir kishining Alloh taolodan talab qiladigan bolgan paytda maqsadining hosil bolishini goyat ixlos bilan iltijo qilib oqiladigan Namoz.

7. SHUKUR namozi:
Biror kishining maqsad qilib yurgan ishi hosil bolganida,Allohning inoyati ila turli nematlar nasib etganida oqiladigan 2 rakatli namoz.

8. TAVBA va ISTIG'FOR namozi:
Biror kishi bilib bilmay qilib quygan xatolikka yol quyib gunoh ish qilib quysa va undan pushaymon bolsa tavba qilib oqiladigan 2 rakatli namoz.

9. SHURUQ (ishroq) namozi:
Quyosh toliq chiqib bolgandan keyin oqiladigan namozdir.Bu namozni 2,4,6,8 rakat qilib oqiladi.
8 rakatdan oshirilmaydi.

10. ZUHO namozi:
Zuho (choshgoh) namozi ham quyosh biroz kutarilgandan song oqiladigan Nafl namoz.Bu namoz 12 rakatdan oshirilmaydi.

11. AVVOBIN namozi:
Shom namozidan keyin oqiladi.
2,4,6 rakatdan oqiladi.

12. TAHAJJUD namozi:
Kechasi yarim kechada uyqudan turib tong otguncha, yani bobdod namozi vaqtigacha.2,4,6,8 oqiladigan nafl namozidir.

ALBATTA ,UYQUDAN KECHIB OQIGAN NAMOZNING AJRI KOP


#Malika