Get Mystery Box with random crypto!

#EHF Bir tomonlama EHF rasmiylashtirish yuzasidan tushuntiris | Didox - Foydali axborot|Полезное инфо

#EHF

Bir tomonlama EHF rasmiylashtirish yuzasidan tushuntirish

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (kommunal, aloqa va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlardan tashqari) jismoniy shaxslar uchun bir tomonlama EHF rasmiylashtirish imkoniyati joriy yilning 11-iyulidan boshlab cheklanishi ma'lum qilingan edi.

Bunda, kommunal, aloqa va moliyaviy xizmatlarga tegishli MXIK kodlari (jami 147 ta) bo‘yicha bir tomonlama EHF yaratish imkoniyati saqlab qolindi.
Ruxsat etilgan MXIKlar ro‘yxati

Bir tomonlama EHF to‘xtatilishidan maqsad – jismoniy shaxslarga tovarlar (xizmatlar) naqd pulga yoki plastik karta orqali sotilganda, onlayn-NKM cheki berilishini nazorat qilish va ushbu maʼlumotlarning elektron soliq hisobotida avtomatik shakllantirishda tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish.
Soliq kodeksi 47-modda 3-qism

Shu bilan birga, xizmatlar eksporti va importi hamda tovarlar bozor va bojxona narxidan past narxda realizatsiya qilingan hollarda bir tomonlama EHF rasmiylashtirish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilinadi.

Eslatma:
tovar (xizmatl)arni jismoniy shaxslarga sotish (berish) to‘lovsiz yoki to‘lovlar onlayn-NKM orqali qabul qilinmasdan amalga oshiriladigan boshqa holatlarda jismoniy shaxsning ismi, sharifi va JSHSHIR maʼlumotlari ko‘rsatilgan holda ikki tomonlama EHF rasmiylashtirilishi lozim. Bunda EHFni imzolash ERI orqali amalga oshiriladi.
VMQ-489 2-ilova 61-band 14.08.2020

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram