Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqilligimizning 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanas | AndMI | Rasmiy kanali

Mustaqilligimizning 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasida Prezidentimiz davlatimizni rivojlantirishdagi asosiy vazifalardan eng muhimi ta’lim ekanligini ta’kidladi.

“Men doim aytganman va yana qaytaraman, biz uchun birinchi o‘rinda ta’lim, ta’lim va yana ta’lim turadi. Farzandlarimiz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashlari uchun eng qulay sharoitlar yaratishni izchil davom ettiramiz.

Buning uchun, maktablarning o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi, darsliklar mazmuni tubdan qayta ko‘rib chiqiladi. Ushbu tizim avval ilg‘or xorijiy mutaxassislar tomonidan ekspertizadan o‘tkazilib, keyingina hayotga tadbiq etiladi.

Barcha hududlarimizda, ayniqsa, qishloq joylarda maktablar qurish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor beramiz. Ustoz va murabbiylar mehnatini rag‘batlantirish borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga ko‘taramiz.

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’limni har tomonlama rivojlantiramiz”, dedi davlatimiz rahbari.

@alisher_sadullaev