Get Mystery Box with random crypto!

​​#thoughts Ey Allohim, menga bergan ne'matlaringga loyiq bo | di_schaastye kirish

​​#thoughts

Ey Allohim, menga bergan ne'matlaringga loyiq bo'la oldimmi?
Atrofimda men uchun qayg'uradigan shunday go'zal insonlarni yuborgansanki...
Lekin menchi nima qildim? Ular uchun, sen uchun nima qildim? O'rni kelganda ozor berdim, dillarini og'ritdim, men uchun berilgan ishonchlarni qayta-qayta sindirdim.
Ey, Allohim, bunchalar mehribonsan. Qanday yaxshi ish qila olgandimki, menga bunday go'zal ne'matlarni bergansan. Shukrona yozaman desam, tinmay yozsam kerak. Hayotimni har lahzasi baxtdan iboratku..
To'g'ri yaxshi yomon kunlar bo'ldi, yomon insonlar bilan ham yuzlashdim, ammo boshimga tushgan har qanday kulfatlarning sababi o'zim edim va mening xatolarim jazosi edi ular...~
Haligacha oq va qorani to'liq ajrata olmasam kerak. O'rni kelganda soddalik qilib qo'yaman yokida aybi yo'q insonlarni dilini og'ritib qo'yaman. Insonmanda.. nima qilay
Lekin o'zimni tiyishga, gunohlardan tiyilishga, insonlar qalbiga ozor bermaslikka intilaman. Qalbimni isloh qil Allohim. Men sevgan, men qadrlaydigan insonlarni qalblarini meniki bilan yaqinlashtir..)