Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Hayotingizda uchraydigan har bir inson sizga nimanidir mer | di_schaastye kirish

​​​​Hayotingizda uchraydigan har bir inson sizga nimanidir meros qilib tashlab ketadi.
Bu vaziyatda siz kim uchundir umringiz yillaridan qanday va yoki qancha lahza ajratganingiz muhim emas. Eng kichik jabhaning eng arzimas insoni ham sizga nimanidir o'zidan esdalik sifatida tashlab ketadi. Ehtimol siz eslamasligingiz yokida e'tibor bermagan bo'lishingiz mumkin. Ammo nimanidir olganingiz va berganingiz aniq.
Eng yoqimlisini va yo aksinchasini zarradek ta'siri, mo'jaz qoldig'i qoladi sizda
Bu meroslarning hisobini istab istamay his qilasiz.
Bir kaft halovat tortiq qilganning bahosi bir umrlik baxtga tatir darajada bebahodir ehtimol.
Sizga orzuni, beg'ubor musaffolikni taqdim etganlar eslanganda yuzingizga ixtiyorsiz yugurgan tabassum ham shu qadar sof bo'lishini bilasizmi?

Ular o'zni sevishni meros qiladilar,nimani, qanday sevishni ham.
Baxt tuyishni, nasibingga ishonmoqni o'zlari sezmay sizda qoldiradilar.
O'zlaridan bir zarrani tortiq qiladilar..)