Get Mystery Box with random crypto!

Bir kuni Janob Rasululloh (s.a.v.) masjidga borsalar, masjid | Dildora Rejabova

Bir
kuni Janob Rasululloh (s.a.v.) masjidga borsalar, masjidning eshigi oldida tashvishli va noumid
holdagi Shayton alayhilla’nani ko’rdilar. Rasululloh (s.a.v.) kelishining sababini so’raganlarida, u:
-Yo, Rasululloh! Masjidning ichida bir omiy(uquvsiz, ilmsiz) kishi zo’r berib namoz o’qimoqda. Men
uni chalg’itishni-xohladim, lekin uning yonida «Ilm shahri ning darvozasi» hazrat Ali (karramallohu
vajhah) uxlab yotibdi. Agar men shu omiyni adashtirsam, u Alini uyg’otib, undan so’rab, bu to’g’rida
ilm hosil qiladi. Bu menga ko’proq zarar va yoqimsizdir. Chunki, bir zararim o’zimga bir necha barobar
qaytadi. Shundan bu yerda noumid bo’lib turibman,-deb aytdi. Rasululloh (s.a.v.) shundan so’ng: «Bir
olim ming obiddan afzalroqdir!» - dedilar.
"Ilm olish sirlari" kitobidan