Get Mystery Box with random crypto!

Portfolio haqida Sizning portfolio — eng creative, qaynoq v | Dezayndoshlar 😎

Portfolio haqida

Sizning portfolio — eng creative, qaynoq va yorqin ishlaringiz jamlangan toʻplamdir. Qilgan ishlaringiz soni emas sifati muhim, mijoz uchun ham aynan shunday. Mijoz uchun qimmat kompaniyalar bilan ishlaganingiz emas, qaysi ishlarni siz qilganingiz koʻproq muhim.

Ishlaringizni qayerda yigʻasiz? Bu ham eng muhim omillardan biri. Sizga quyida bir nechta saytlar va platformalarni eslatib oʻtaman.

Agar siz dizayner boʻlsangiz: Behance.com saitiga o'z ishlaringizni frofessional tarzda joylab borsangiz bo'ladi.

Agar shunchaki erinsangiz yoki erinchoq mijozlar uchun qaygʻuradigan boʻlsangiz unda shunchaki telegramda kanal qilaqoling va ishlaringizni kanalga yuklang, yana uni chiroyliroq qilish uchun telegraph va teletype yordam beradi.

Yana bir qoʻshimcha maslahat, mijozga aloqaga chiqganda har doim alohida unikal taklif bilan chiqing. Bitta unikal taklif ishlab chiqib uni hamma yangi mijozda qoʻllashga urinmang, har safar yangi case ishlab chiqing. Oʻz ishingizni va tajribangizni oʻstirib boring. Tajribangizni va ishlaringizni analiz qilib boring.

Manba: @navdesign_jobs

@Dezayndoshlar | Ijodiy kanal