Get Mystery Box with random crypto!

Ertaga bugungidan yaxshiroq bo'lishning 16 ta qoidasi. Tele | Deyl Karnegi | Psixologiya

Ertaga bugungidan yaxshiroq bo'lishning 16 ta qoidasi.

Televizor ko'rmang, kitob o'qing.
Hech nimaga qaramay oldinga intiling, fikrdamas amalda ham!
Yaxshi g'oya xayolga kelsa, darhol yozib qo'ying.
Kechikyapsizmi, bu haqda ogohlantirib qo'yish yo'lini toping.
Birovlarning orzularini ustidan kulmang.
Sizga pand bergan insonlardan ogoh bo'ling, ular o'zgarishi qiyin.
Ota-onangiz bilan ko'proq vaqt o'tkazing, kun kelib ular mavjud bo'lmasligi, siz esa hech nimaga ulgurmaslingiz mumkin.
Xush muomala zabt etish xususiyatiga ega. Xushmuomala bo'lishni o'rganing.
Xatolaringizni tan olishni o'rganing, aks holda o'ziga bino qo'ygan haykalga aylanib qolasiz.
Hayotdan nolishdan to'xtang! Stop, sizning nolishlaringiz hammasini faqat chigallashtiradi.
G'iybat qilmang.
Juda tushunarsiz va yoqimsiz vaziyatlarda uxlang, yodda tuting, hammasi o'tkinchi.
Juda jiddiy vaziyatlarda ham insonlarning shaxsiyatiga tegmang, vaziyat unutiladi, so'z esa esda qoladi.
Rost gapiring, shunda hech narsani eslab qolishga to'g'ri kelmaydi.
Kun boshida siz uchun eng yoqimli ishlarni bajaring, kun oxirida charchoq ham sizni sevgan ishlardan chalg'ita olmaydi.
Hech kim hech qachon hech kimning oldida qarzdor emas.


Do’stlarga ulashing
@Deyl_Karnegi