Get Mystery Box with random crypto!

Dunyodagi eng qisqa 11 ta hikoyani bilasizmi? Ularning hajmi k | Deyl Karnegi | Psixologiya

Dunyodagi eng qisqa 11 ta hikoyani bilasizmi? Ularning hajmi kichik, mazmuni esa juda katta yechimga ega! Marhamat ular bilan tanishib chiqing, ma'nosini tushinishga harakat qiling.

1-hikoya: Hayrat
U xotinining qotiliga sut ichirardi.

2-hikoya: Robiya
Ey, Xudoyim, yaqinda tug‘iladigan ukam ham qiz bo‘lishini xohlardim. O‘shanda biz buvijonim bilan birga yashardik…

3-hikoya: Eng qisqa hikoya
Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg’i qolganini bilish uchun benzin bakiga egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi.

4-hikoya: Qasd va xalos
Jonimga qasd qilish uchun o’zimni pastga tashladim Keyin fikrimdan qaytdim.

5-hikoya: E’lon
Siniq derazaning sirtiga yozilgandi: Yangi oila qurganlar.

6-hikoya: Tarjimai hol
Avvallari mening tekis yuzim, burma ko’ylagim bor edi, hozir esa… aksi.

7-hikoya: Umid
“… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon to‘qnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon ko‘zlarimiz ko‘zlarimizga tushmaydi…
Ko‘rishguncha…”

8-hikoya: Gunohkor
U haqiqiy gunohkor edi. Chunki bir yuz yigirma to’rt ming suvoriydan yolg’iz ugina urushdan vataniga sog’-omon qaytdi.

9-hikoya: Optimist
– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa o‘ylamaslikka urinaman…

10-hikoya: 6 so’zli hikoya
Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan.

11-hikoya: Qo’rquv
-Endi uxla, toychog’im,- ona shunday deb chiroqni o’chirdi. – Oyi! O’chirmang, iltimos. Qorong’ilikdan juda qo’rqaman! – dedi ko’zlari ojiz bolakay.

P/S: Siz ham qisqa hikoyalar muallifi bo'lsangiz komentga yozib qoldiring.

Do’stlarga ulashing
@Deyl_Karnegi