Get Mystery Box with random crypto!

1 kun faqat 1 kun

Telegram kanalining logotibi developmentkhan — 1 kun faqat 1 kun 1
Telegram kanalining logotibi developmentkhan — 1 kun faqat 1 kun
Kanal manzili: @developmentkhan
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14
Kanalning ta’rifi

📆Kanal tashkil topgan sana 20.12.2019
📝Murojaat uchun : @ZuhriddinXoN_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-07-24 05:33:42
ASSALOMU ALAYKUM JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Qalbimiz to‘rida iymon porlasin
Musulmon xalqini Alloh asrasin
Bu g‘arib qalbimiz nurlarga to‘lsin
Juma ayomingiz muborak bo‘lsin!

Haftaning muborak kunida azizlar,
Qalbingiz iymon nuriga to‘lsin.
Mehribon onajon, qadrli otam,
Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Yaratgan Robbimga hamdu sanolar,
Uning Rasuliga bo‘lsin duolar.
Ismu amalingiz Jannatda tursin,
Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Muborak Jumaga yetkazdi
Alloh,
Kimgadir armon bo‘ldi
bu kunni ko‘rmoq,
Yaratganga
shukur aylab so‘raylik panoh,
Kelasi Jumaga ham yetkazsin Alloh!

Ulashing | Telegram
https://t.me/joinchat/AAAAAFfcmNMCBUGDZK9Muw

@development_khan
109 viewsedited  02:33
Ochish/sharhlash
2020-07-23 15:37:01 Kirish imtihonlari karantin cheklovlari bekor qilingach o‘tkaziladi! Imtihonlar boshlanish sanasi hali noma'lum!

Bu haqida kecha, 22 iyul' kuni AOKA da o‘tkazilgan matbuot anjumanida DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ma'lum qildi.

B.Rajabov «Imtihonni keyinga ko‘chirish bo‘yicha taklif berilgan. Karantin cheklovlari qachon bekor qilinsa, test sinovi o‘shanda o‘tkaziladi. Agar 15 avgustda bekor qilinsa, 15 avgustdan keyin, 1 sentyabrda bekor qilinsa, 1 sentyabrdan keyin o‘tkaziladi.

Imtihonlar o‘tkaziladigan joylar hali tasdiqlanmagan. Tasdiqlangandan keyin ma'lum qilamiz. Stasionarga aylantirilgan pavil'onda imtihon o‘tkazilmaydi.

Test sinovlari uchun tanlangan joylar katta sig‘imli inshoot bo‘lishi aniq,» - deya 2020/2021 o‘quv yili uchun OTMlarga kirish imtihonlarini o‘tkazish muddatlari hali aniq emasligiga urg‘u bergan.
96 views12:37
Ochish/sharhlash
2020-07-22 11:53:28
Имтиҳонлар вазиятга қараб сурилаверади! Керак бўлса, 1-сентябрдан кейин ҳам ўтказилиши мумкин!

«Имтиҳонни кейинга кўчириш бўйича таклиф берилган. Карантин чекловлари қачон бекор қилинса, тест синови ўшанда ўтказилади. Агар 15 августда бекор қилинса, 15 августдан кейин, 1 сентябрда бекор килинса, 1 сентябрдан кейин ўтказилади.

Имтиҳонлар ўтказиладиган жойлар ҳали тасдиқланмаган. Тасдиқлангандан кейин маълум қиламиз. Стационарга айлантирилган павильонда имтиҳон ўтказилмайди.

Тест синовлари учун танланган жойлар катта сиғимли иншоот бўлиши аниқ».

@development_khan
100 viewsedited  08:53
Ochish/sharhlash
2020-07-21 07:49:01
#Расман

31 июль — Қурбон ҳайитининг биринчи куни!

Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг хабарига кўра 2020 йил 31 июль, жума куни Зулҳижжа ойининг 10-куни бўлиб, Ислом оламидаги энг улуғ байрам Ийдул-Азҳо – Қурбон ҳайитининг биринчи куни бўлади, Инша Аллоҳ

@development_khan
268 viewsedited  04:49
Ochish/sharhlash
2020-07-21 04:26:01 Сал кам 1.5 млн абитуриент рўйхатдан ўтди! 2020-2021-ўқув йили учун абитуриентларни рўйхатга олиш якунланди.

ДТМ 2020-2021-ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш расман якунланганини маълум қилмоқда.

Рўйхатдан ўтган жами абитуриентлар 1 484 085 нафарни ташкил этди.
Шундан, жорий йил битирувчилари 536 144 нафар (36,13 %).

Таълим шакли бўйича:

Кундузги таълим шакли – 798 608 нафар (53,81 %);
Сиртқи таълим шакли – 648 733 нафар (43,71 %);
Кечки таълим шакли – 36 744 нафар (2,48 %).

@development_khan
126 viewsedited  01:26
Ochish/sharhlash
2020-07-19 07:09:01 ​​Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan so‘nggi 15 kunda quyidagi 4 ta interaktiv onlayn xizmatlar ishga tushirildi:

magistr.edu.uz - davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish va ro‘yxatdan o‘tish;

kasb.edu.uz - kasb-hunar maktablariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish;

transfer.edu.uz - davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarning o‘qishini ko‘chirish yoki tiklash bo‘yicha arizalarini topshirish;

diplom.edu.uz - davlat oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan bitiruvchilarning diplomlari elektron nusxasini olish.

Asosiysi, xizmatlar qulay va bepul.

@development_khan
126 views04:09
Ochish/sharhlash
2020-07-19 07:00:03O'qishni ko'chirish va qayta tiklash ishlari uchun ariza berish boshlandi

O'qishni ko'chirish va qayta tiklash ishlari transfer.edu.uz portali orqali amalga oshiriladi.


Ma'lumot uchun:
O‘qishini qayta tiklash bo‘yicha arizalarni topshirish va ko‘rib chiqish bir yilda ikki marta amalga oshiriladi

o‘qishni kuzgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish – har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar;
o‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish – har yili 15 yanvardan 25 yanvarga qadar davom etadi.

Qayta tiklash bo‘yicha qaror qabul qilish:
✓ kuzgi semestrga qayta tiklash uchun – har yili 5 avgustdan 30 avgustga qadar;
✓ bahorgi semestrga qayta tiklash uchun – har yili 25 yanvardan 15 fevralga qadar amalga oshiriladi.

@development_khan
123 viewsedited  04:00
Ochish/sharhlash
2020-07-11 16:38:51
Ўтган йилги кириш балларини қаердан билиш мумкин?

Ушбу ҳавола орқали, 2019-2020 ўқув йили учун кириш балларини билишингиз мумкин.

https://dtm.uz/info/passing-scores2019

@development_khan
224 viewsedited  13:38
Ochish/sharhlash
2020-07-10 10:07:36 Aбитуриентлардан тушган аризалар сонини йўналишлар кесимида онлайн кўриш имкони яратилди!

Бунинг учун Давлат тест маркази томонидан яратилган qabul.dtm.uz сайтига кириш ва олий таълим муассасаси ҳамда таълим тилини танлаш кифоя.

Бунда танлаган олий таълим муассасасидаги йўналишлар бўйича қуйидаги маълумотлар акс этади:

қабул режаси (давлат гранти ва тўлов-контракт асосида);
абитуриентлар сони;
танлов кўрсаткичи.

Мазкур маълумотлар ҳар бир таълим шакли бўйича алоҳида кўрсатилади. Маълумотлар ҳар соатда янгиланади.

Барчага тарқатинг!

@development_khan
412 viewsedited  07:07
Ochish/sharhlash