Get Mystery Box with random crypto!

O‘z kanalingiz reklamasi Turli kanallar boshqa kichikroq kana | Developers By

O‘z kanalingiz reklamasi

Turli kanallar boshqa kichikroq kanallar adminlaridan har kuni bir nechtalab reklama qilib berish so‘rovini qabul qilishadi.

Bunda esa aksariyat holatlarda vaziyat quyidagicha bo‘ladi:

Kanallarni yaratadilar, u uchun rasm o‘rnatadilar, bir-ikki post joylaydilar va kanalni reklama qilishni boshlaydilar.

Ushbu holatda tajribasizliklari sabab ular nafaqat o‘z vaqtlarini, balki reklamalarni qabul qiluvchi boshqa tajribaliroq adminlarning ham qimmatli vaqtini besamar ketkazadilar.

Bu holatda 100 ta kanalga o‘z reklamangizni joylashtirganingiz bilan – natija siz kutgandek bo‘lmaydi...

Insonlar bunday kanallarga obuna bo‘lganlari bilan, undan tez orada chiqib ketadilar!

Siz vaqtingiz va mablag‘ingizni reklamaga sarflaysiz, qayerdandir obunachilarga erishganingiz bilan – 99% holatlarda bular insofsiz adminlar tomonidan sizga qo‘shilgan foydasiz botlar bo‘ladi.

Kanal yaratilganidan so‘ng uni 1 oylardan keyingina piar qilgan afzal!

Ushbu vaqt mobaynida siz hech bo‘lmaganda kanalni ma’lumot bilan to‘ldirasiz, shuningdek unga joylashtirilgan kontentga muvofiq kanal uchun munosib nom va tavsif berish borasida bir to‘xtamga kelasiz.

Reklamangizdagi havola bo‘ylab loyihangizga o‘tgan har bir inson, uni qiziqtiradigan va obuna bo‘lishga undaydigan narsaga ko‘zi tushishi lozim.

Chala kanalni yaratib olib, uni reklama qilish uchun vaqt va mablag‘ ketkazib, kerakli natijaga erisha olmasangiz – obunachilarni jalb eta olmaganingizdan hafsalangiz pir bo‘ladi va yo‘lingizning boshida qanchalik yorqin istiqbollar bilan ilhomlangan bo‘lsangiz ham, katta ehtimol bilan kanalni rivojlantirishdan voz kechasiz.

P.S.: Odamlar uchun yuqori sifatli kanallar yarating va shundan keyingina o‘z san’at asarlaringizni reklama qiling!

@DevelopersBy | #telegram_channel