Get Mystery Box with random crypto!

IBRAT! Burgutlar juda uzoq, 70-80 yilgacha yashaydi. Ammo bu | DEVELOP STYLE - YUKSALISH USLUBI 📈

IBRAT!

Burgutlar juda uzoq, 70-80 yilgacha yashaydi. Ammo bu yoshga yetish uchun 40 yoshida judayam qiyin shartni bo‘yniga olishiga to‘g‘ri keladi.

Ya’ni, bunday: 40 yoshda burgutning tirnoqlari qattiqlashib, egiluvchanligini(elastiklik) yo‘qotgani sababli, o‘ljasini tutolmaydigan bo‘lib qoladi. Ov qilolmaydi. Tumshug‘i o‘sib, ko‘ksiga qarab qayriladi. Qanotlari qariydi, og‘irlashadi. Patlari qalinlashib, uchish mashaqqatga aylanadi. Bu holatda burgut ikki yo‘ldan birini tanlashga majbur: yo o‘lim yoki yangidan hayot boshlash uchun azobli va juda og‘ir o‘tadigan yuz ellik kunlik muddat.

Burgut ikkinchi yo‘lni tanlasa, tog‘ tepasidan, baland qoyadan uya vazifasini o‘taydigan munosib joy topadi. Ke­yin tumshug‘ini qoya devoriga qattiq-qattiq ura boshlaydi. Nihoyat tumshug‘i uzilib tushadi. Bir muddat kutgandan so‘ng, o‘sib chiqqan yangi tumshug‘i bilan tirnoqlarini uzib tashlaydi. To yangi tirnoqlar o‘sib chiqquncha, og‘ir va qalin patlarini yuladi. Azob va matonat bilan o‘tgan besh oy burgutga yana yigirma yil, balki undan ham uzoqroq hayot kechirishiga yo‘l ochadi. Besh oydan keyin burgut mashhur yangidan tug‘ilish parvozi uchun qanot qoqadi!..

...Ba’zan insonlarga ham burgutlardek yo‘l tutish zarur bo‘ladi. Ya’ni, shaxs sifatida bizni orqaga tortadigan, maqsadlarimiz yo‘lini to‘sadigan qora xotiralar, odatlar; jamiyat sifatida rivojlanishga faqat xalaqit beradigan urflar, an’ana nomini olgan yanglish tushunchalardan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Oson bo‘lmaydi, lekin bir narsa dilga umid beradi – bu qiyinchiliklar yana-da baland, yana-da shavqli, zafarli parvozlarga yo‘l ochadi!



@Develop_Style