Get Mystery Box with random crypto!

Narsa predmet yoki shaxsning belgisini bildiruvchi so’z turkum | 🇩🇪 D E U T S C H L A N D 13 🇩🇪

Narsa predmet yoki shaxsning belgisini bildiruvchi so’z turkumiga sifat deyiladi. Sifatlar was für (ein)? – qanday? qanaqa? so’roqlariga javob beradi.
Sifat gapda aniqlovchi yoki ot kesim vazifasida keladi.

Das grosse Buch steht auf dem Tisch. (aniqlovchi)
Das Buch ist sehr groß. Bu kitob juda katta. (ot-kesim)

Steigerungsstufen der Adjective- sifat darajalari
Nemis tilida 3 xil sifat darajalari bor. Bular quyidagilar:

1. positive – oddiy daraja
2. komparativ – qiyosiy daraja
3. superlativ – orttirma daraja

Positiv – oddiy daraja

Oddiy daraja sifatning o’zgarmagan lug’aviy shaklidir. U gapda otdan oldin aniqlovchi bo’lib keladi va kelishiklarda turlanadi hamda otdan keyin yoki gap oxirida ot kesim vazifasida keladi va hech qanday qo’shimcha olmaydi.

Der fleßiger Student kann immer selbsstandig arbeiten. (tirishqoq bola doim mustaqil ishlay oladi) Aniqlovchi
Unser Vater ernst und streng. (bizning otamiz doim jiddiy va qattiqqo’l) Ot kesim
Ich lese einen neuen Roman. (Men yangi roman o’qiyapman) Aniqlovchi
Der Roman ist interessant. (Roman qiziqarli) Ot kesim

Gapda ikki predmet bir biri bilan ebenso … wie – xuddi.. kabi so’zlarni qiyoslaganda sifatning oddiy darajasi bo’ladi.
Er lernt ebenso gut wie siene Schwester. (u xuddi opasi kabi yaxshi o’qiydi)

Komparativ – Qiyosiy daraja.


Bir predmet belgisini boshqa predmetning shu belgisiga qiyoslash, taqqoslash uchun ishlatiladigan sifat darajasi qiyosiy sifat darajasi deyiladi. Qiyosiy daraja sifatga –er (-roq) qo’shimchasi qo’shish orqali yasaladi.
Schön – schöner (chiroyli-chiroyliroq)
Wichtig – wichtiger (muhim-muhimroq)

O’zagida a, u, u unlisi bo’lgan bir bo’g’inli sifatlar qiyosiy daraja umlaut oladi.
groß - größer (katta-kattaroq)
lang – länger (uzun-uzunroq)
kurz – kürzer (qisqa-qisqaroq)

O’zagida au diftongi bo’lgan yoki –el, -er, -en, -bar, -sam, -haft, -ig, -lich, -e kabi suffikslar bilan tugagan, shuningdek bir o’zakdan iborat bo’lgan ayrim sifatlar daraja yasaganda umlaut olmaydi.

laut – lauter (baland-balandroq)
klar – klarer (tiniq-tiniqroq)
zart – zarter (yumshoq- yumshoqroq)
mager – magerer (ozg’in-ozg’inroq)
sparsam – sparsamer (tejamkor-tejamkorroq)


@deutschland_uzb

More below