Get Mystery Box with random crypto!

Nemis tili (nemischa: Deutsch) — Hind-yevropa tillari oilasida | 🇩🇪𝗚𝗲𝗿𝗺𝗮𝗻𝗶𝘆𝗮 𝘀𝗮𝗿𝗶 𝘆𝗼ʻ𝗹 | 𝑲𝒆𝒍𝒂𝒋𝒂𝒌 𝒐𝒓𝒛𝒖𝒔𝒊...

Nemis tili (nemischa: Deutsch) — Hind-yevropa tillari oilasidagi german tillari guruhiga mansub til.
GFR, Avstriya Respublikasi, Shveysariya Konfederatsiyasi (qisman), Lyuksemburg Gersogligi (qisman), Belgiya Qirolligining rasmiy tili. Rossiya Federatsiyasida, Shim. va Jan. Amerikaning bir qancha mamlakatlarida ham tarqalgan.

Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 110 million kishidan ortiqrokdir. Nemis tili frank, saks, turing , alemann, bavar singari gʻarbiy german qabilalari shevalari asosida tarkib topgan va quyi nemis, oʻrta nemis va jan. nemis lahjalariga, har bir lahja guruhi esa gʻarbiy va sharqiy guruhchalarga ajraladi.

Hozirgi Nemis tili fonologik tizimida monoftong va diftonglar 45 foizni tashkil etadi (16 unli fonema va 3 diftong); undoshlar tizimi 18 undosh fonema va 2 qorishiq tovushdan iborat. Barcha fonemalar hosil boʻlish oʻrni, usuli va talaffuzi jihatidan oʻzaro farqdanadi, muayyan oʻziga xosliklarga ega. Gramatik qurilishi analitiksintetik xususiyat bilan ajralib turadi.

Soʻz yasash vositalari tizimi yaxshi rivojlangan; soʻz qoʻshish bilan ot (asosan, termin) yasalishi keng qoʻllanadi. Lugʻat tarkibida asl nemischa soʻzlar qatori lotin, fransuz, italyan, ingliz va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar ham koʻplab uchraydi. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.


𝗚𝗲𝗿𝗺𝗮𝗻𝗶𝘆𝗮 𝘀𝗮𝗿𝗶 𝘆𝗼ʻ𝗹 | 𝑲𝒆𝒍𝒂𝒋𝒂𝒌 𝒐𝒓𝒛𝒖𝒔𝒊...

Telegram kanalimiz

https://t.me/Deutsche_Germaniya_Grant