Get Mystery Box with random crypto!

#Gidroadenit Klinikasi. Yakka yoki ko’plab yallig’lanishli, o | Teri va tanosil kasalliklari

#Gidroadenit
Klinikasi. Yakka yoki ko’plab yallig’lanishli, og’riqli tugunlar va yiringli sinuslar(teri ichida yiring saqlovchi kanallar) hamda absesslar hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Joylashuvi. Bu toshmalar asosan follicular obsturksiya(soch follikulasi yopilishi) ga moyil sohalar(burmali sohalar) qo’ltiq osti sohasi, chov sohasi, qorin burmalari orasi(semiz shaxslarda), anogenital sohada uchraydi. Asosan bilateral toshadi. Og’ir, umumiylashgan kasallik butun tanani o’z ichiga olishi va doimiy chandiqlar hosil bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin.
@dermatolog_uzb