Get Mystery Box with random crypto!

#gidroadenit Umumiy ta’rifi. Gidroadenit ya’na boshqa nomi bur | Teri va tanosil kasalliklari

#gidroadenit
Umumiy ta’rifi. Gidroadenit ya’na boshqa nomi burmalar husnbuzari, xronik kechuvchi, qaytalanuvchi yallig’lanishli kasallik bo’lib, soch follikulasining terminal qismini(porus) epiteliy bilan yopilib ketishi natijasida hosil bo’ladigan o’zgarish. Follikula teshigi bekilib qolgach ichida bosim oshib yoriladi natijada ichidagi mahsulot teri derma qavatiga tushib, granuloma va abseslar hosil bo’lishiga hamda chandiq bilan bitishiga olib boradi.
Epidemiologiyasi.
Boshlanish yoshi. Balog’at yoshidan boshlab, klimakterik davrgacha bo’lgan yoshlarda boshlanishi mumkin.
Jins. Erkaklarga nisbatan ayollarda ko’proq uchraydi. 4% ayollar gidroadenit bilan kasallik o’tkazadi. Erkaklarda anogenital soha gidroadeniti uchrasa ayollarda esa qo’ltiq osti sohasi ko’proq zararlanadi.
Irq. Barcha irqlarda tarqalgan.
Nasliylik. Gidroadenit ona-qiz yo’nalishida nasliy o’tishi mumkin. Ayrim hollarda oila a’zolarida tugunli husnbuzar o’zi yoki gidroadenit bilan birga uchrashi kuzatiladi.
@dermatolog_uzb