Get Mystery Box with random crypto!

#davolashtaktikasi #perioraldermatit Davolash taktikasi. Har | Teri va tanosil kasalliklari

#davolashtaktikasi #perioraldermatit
Davolash taktikasi. Har qanaqa yuz uchun ishlatiladigan kosmetikadan voz kechiladi. Topikal steroidlar qo'llanishi darhol to'xtatiladi. Yuzda toshmalar borligida sovun bilan yuvish mumkin emas. Iliq suvda yuvish kifoya qiladi.
Mahalliy davolash. Òrta va yengil hollarda mahalliy davolash mumkin. Topikal 0.75 - 1 % Mitranidazol gel 1-2 mahal yoki 2 % Eritromitsin gel 2 mahal suriladi. Quyidagilarni qòllash mumkin:
- Eritromitsin
- Klindomitsin
- Mitronidazol
- Pimekrolimus
- Azelain kislota
krem yoki gel shaklida qo'llash mumkin.
Sistemik davolash. 6-12 haftalik antibiotik kursi qo'llaniladi. Eng yaxshi antibiotiklar tetrasiklinlar hisoblangan doksisiklin yoki minosisklindir, 100 mg/kun dozada toshmalar yo'qolguncha qabul qilinadi. Toshmalar yo'qolgach esa 50 mg kun dozada yana qo'shimcha 2 oy davomida ichiladi. Yoki Tetrasiklin 500 mg dan 2 mahal toshmalar yo'qolguncha ichiladi. Toshmalar yo'qolgach esa 500 mg 1 mahal 1 oy va 250 mg/kun 1 mahal keyingi oy tarzida sistemik davo yakunlanadi. Tetrasiklinlar qòllash mumkin bòlmagan hollarda Eritromitsin yoki Metronidazol antibiotiklari ishlatish mumkin.

@dermatolog_uzb