Get Mystery Box with random crypto!

#perioraldermatit Klinikasi. Kasallik bir necha hafta va oyla | Teri va tanosil kasalliklari

#perioraldermatit
Klinikasi. Kasallik bir necha hafta va oylar davom etishi mumkiin. 1-2 mm eritematoz(qizargan) , papula yoki papula-pustulalar toshib guruh bo'lib joylashadi. Komedonlar uchramaydi. Qizish hissi yoki qichish kuzatilishi mumkin. Teri quruq bo'lib biroz qipiqlanishi mumkin.
Uchrash sohasi. Perioral(og'iz atrofi) . Unilateral yoki bilateral toshishi mumkin. Lab hoshiyasini chetlab o'tib toshmasiz oqish halqa hosil qiladi. Ba'zan periorbital(ko'z atrofida) toshishi ham mumkin. Kamdan kam holda faqat periorbital toshadi.
Tashxislash. Perioral dermatitga klinik tashxis qo'yiladi.
Qiyosiy tashxislash.
-allergik kontakt dermatit
-atopik dermatit
-seborik dermatit
-rozasea
-husnbuzar
-steroidli husnbuzar
Ba'zan yuqoridagilar bilan chalkashtirilib steroidlar bilan davolanadi hamda steroidli husnbuzar yoki rozaseaga olib boradi.

@dermatolog_uzb