Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 6-oktabr kuni navbatdagi “Frilanserlik - bu kela | Digital Economy

Joriy yilning 6-oktabr kuni navbatdagi “Frilanserlik - bu kelajak kasbi” mavzusida forum “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tomonidan Astrum IT akademiyasida tashkil etildi.

Forumda Mamlakatimizning yetakchi Frilanserlari tomonidan qanday qilib frilanserlik platformalarida ro’yxatdan o’tish va birinchi buyurtmani olish bo’yicha nazariy va amaliy mashg’ulotlar o‘tkazildi.

Yakunda, an’anaga muvofiq qiziqarli o’yin tashkil etilib, omadli talabalarga estalik sovg’alar topshirildi.

Bizni kuzatib boring va yangi ko’nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

YouTube | Instagram | Facebook