Get Mystery Box with random crypto!

Raqamli iqtisodiyot sohasida talabalarni o‘qitish, malakali ka | Digital Economy

Raqamli iqtisodiyot sohasida talabalarni o‘qitish, malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tomonlar hamkorligini yo‘lga qo‘yish uchun hamkorlik memorandumi imzolandi.

Joriy yilning 5-oktabr kuni "Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi" davlat muassasasi direktori V.Kravchenko va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori K.Sharipov o'rtasida memorandum imzolandi. Tomonlar uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish orqali yaqin hamkorlikni rivojlantirishni ustuvor vazifalardan biri deb hisoblashadi va o‘zaro hamkorlikdan foyda olishlari hamda tomonlarning har biri uchun qulay sharoit yaratib berishlariga ishonadilar.

Memorandum doirasida tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sheriklik aloqalarini o‘rnatish, ilimiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, o‘zaro manfaatli qo‘shma anjumanlar, seminarlar, akademik mashg‘ulotlar tashkil etish, raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy loyihalarni tayyorlash va bajarishdan iborat.

YouTube | Instagram | Facebook