Get Mystery Box with random crypto!

Samarqandning Nurobodidagi Zamzam Muhammadali Eshonqulovning | Dengiz ortidan

Samarqandning Nurobodidagi Zamzam

Muhammadali Eshonqulovning Instagramga joylagan ushbu videosini ko'rib qoldim. Judayam qiziqarli storiteling. Har bir biznesda ham o'z narrativi, o'z mahsulotlari haqida hikoyasi bo'ladi. Ammo hammaniki ham original va samimiy emas.

Ushbu videodagi "stori"ning o'zgachaligi bor. Gap shundaki, videoda tilga olingan o'sha umumiy ovqatlanish shahobchasi Samarqand viloyatining Nurobod degan bir tumani markazida joylashgan ekan.

Bunday chekka hudud uchun biznes egasi aytayotganidek, "shubhadan holi" oshxonani shunchalik miridan-sirigacha o'ylangani va zavq bilan aytib berilishi -- katta narsa. PR shunchaki PR uchun emas, PR avvalo inson uchun, deb o'zgartirgan bo'lardim bir necha yillar oldin mashhur bo'lgan bir iborani.

Chet elda yashab ko'rganlar biladi, halol, kosher, vegan yoki vegeterian mahsulotlar taklif qiladigan bizneslar nozikta'b mijozlarning oshqozonini yoki onginigina emas, balki yuragini zabt etishi kerak.

O'zbekistonda halol tamaddixonalar va restoranlar juda ko'p. Buni doim ham qadrlamaymiz. Umuman, bizda restoranlar juda rivojlanib ketgan, tfu-tfu, ko'z tegmasin.

Sanjar Said akamiz bilan o'tgan kuni ko'rishganimizda bir gap aytdilar hazillashib: "shu ovqatga tuzni shuncha solinglar, murchni mana buncha solinglar" deb davlat aralashmagani uchun bizda shu soha boshqalaridan oldinlab ketdi. ))

@dengizortidan