Get Mystery Box with random crypto!

𝓞𝓶𝓪𝓭𝓲𝓶 𝓫𝓸𝓻

Telegram kanalining logotibi dengizmanku_1114 — 𝓞𝓶𝓪𝓭𝓲𝓶 𝓫𝓸𝓻 𝓞
Telegram kanalining logotibi dengizmanku_1114 — 𝓞𝓶𝓪𝓭𝓲𝓶 𝓫𝓸𝓻
Kanal manzili: @dengizmanku_1114
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 39
Kanalning ta’rifi

Yaxshisi, o'g'irlab ketsamchi?
Men kimdandir so'rab baxtli bo'lmayman axir. Baxtim uchun kerakmisan.
Demak menda bo'lishing kerak😕😕
-Sen mo'jizaga ishonasanmi?
-Yo'q!
-Yaxshi emas. Odam o'ziga ishonishi kerak

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-01-01 18:48:48 Bizni pastga tortadigan 5 ta holat:

— Harakat qilish oʻrniga, koʻp gap sotamiz;
— Juda sekinlik bilan qaror qabul qilamiz;
— Xato qilishdan qoʻrqamiz;
— Harakat uchun bizda aniq reja yoʻq;
— Hammani rozi qilishga harakat qilamiz....
51 views15:48
Ochish/sharhlash
2023-01-01 09:23:01 #mindset

Hatto IKEA mijozlar sog'lig'i haqida qayg'uradi, vazifasi insonlar salomatligini asrash bo'lgan SSV-chi?

Anavi zahardoridan bolachalar o'lishda davom etyapti ekan. Ko'pchilik nega faqat Samarqandda o'ladi, deb yozyapti. Biz bilganimiz faqat Samarqand. Boshqa viloyatlarda ham nechtasi zaharlangan-u, lekin bu haqida xabar berilmagan bo'lishi mumkin, shunchaki. Yangi chiqqan xabarlar tufayli ham shu taxmin to'g'ri deb o'ylayman: bir bola Toshkentda, yana bir chaqaloq Qashqadaryoda shu doridan o'libdi shu kunlarda.

Agar Samarqanddagi o'limlar e'lon qilinmaganida, mana shu 2 o'lim haqida ham eshitmagan bo'lardik, hoynahoy. Janjal fosh bo'lganidan keyingi o'limlar majburan aytilyapti, menimcha. Lekin bu post boshqa narsa haqida.

O'tgan hafta IKEAdan email oldim. IKEA - hamyonbop mebel va uy jihozlari ishlab chiqaruvchi shved kompaniyasi. Xatda yozilishicha, kompaniya suratdagi stul modelining 2022-yilning 30-mayigacha ishlab chiqarilib, sotilganlarini qaytarib olayotgan ekan. Agar shu stuldan olgan bo'lsangiz, istalgan IKEA do'koniga qaytaring, chek ko'rsatish shartmas, pulini to'liq qaytaramiz, deyilgan. Sababi stulning pastki yulduzchali qismi sinish xavfi bor ekan. Xatdan parcha:

Customer safety is always a top priority for IKEA. That is why IKEA is recalling the ODGER swivel chair in the color anthracite with date stamps up to and including 2221 (22 stands for the year and 21 for the week of production). There is a risk that the star-shaped base of the chair could break, leading to falls and injuries.

Ushbu email IKEA saytida pochta manzilini qoldirgan barchaga yuborilgan. Men bu stulni olmaganman. Mijozlar xavfsizligi IKEA uchun ustuvor vazifa ekan. Nega aholi salomatligi, bo'lib ham bolalar salomatligi SSV uchun ustuvor vazifa emas? Nega shuncha bola o'lgani e'lon qilinganidan keyin ham yana bolalar o'lishiga yo'l qo'yadi? Shu IKEA qilgan ishni qilolmaydimi ular?

Shunchaki, mamlakatdagi BARCHA dorixonalardan o'sha dori zudlik bilan yig'ib olinishi, barcha OAVlarda u dorini sotib olmaslik, sotib olganlar iste'mol qilmasligi zarurligi haqida bong urmaydimi? Qishloq joylarda internetdan foydalanadiganlar kamdir, lekin xuddi shu ogohlantirishni barcha telekanallardan hamma TV ko'radigan vaqtda e'lon qilsin. Dorini ichmaslikni bilsin odamlar. Reklamasini berolgan odamlar, xuddi shu tarzda uning xavfliligini aytib, ichmaslikdan ogohlantirolmaydimi?

Nimaga shu oddiy narsalarni qilmaydi, a? Butun boshli vazirlikda crisis management jamoasi yo'qmi? O'zi nimadir chora ko'rildimi shu dorini bolalarga ichirmaslik borasida? To'g'ri, OAVni uncha o'qimayman, lekin o'qiganlarimda ham hech qaysida SSVning dorini ichmaslik, ichganlar bo'lsa, qanday yo'l tutish zarurligi haqida ogohlantiruvchi murojaatnomasini ko'rmadim.
51 views06:23
Ochish/sharhlash
2022-12-31 22:00:13 Yangi yil bilan
43 views19:00
Ochish/sharhlash
2022-12-31 20:06:02 -Sizni orzuyingizdagi shag'zoda qanaqa?

- Man shahzodalarni orzu qilmiman. Hamma ertakdagi shahzodalar g'irt bekorchi, qiladigan ishi malika qidirish keyin faqat uylanguncha bo'lgan joyi bor xolos ertaklarda...To'ydan keyingi taqdiri,xolati ma'lum emas.... Chunki qolgan hayotlari hamma qatori urush- janjal, ro'zg'or tashvishi degandek...

Har bir oilani o'ziga yarasha kamchiligi, qiyinchiligi bo'ladi. Agar hayot bir tekisda go'zal bo'lsa zerikarli bo'lardi....
46 viewsedited  17:06
Ochish/sharhlash
2022-12-31 19:43:18 Insonlar ikki toifaga bo'linadi:
Sevilganlar va sevilmaganlar...
Sevganlar va sevmaganlar...
43 viewsedited  16:43
Ochish/sharhlash
2022-12-31 18:33:12 Yangi yilga niyatlarimizni yozaylik kommentda.... Keyingi yilga natijani tekshiramiz....
43 views15:33
Ochish/sharhlash
2022-12-31 18:18:34 Yangi yilga niyatlarimizni yozaylik kommentda.... Keyingi yilga natijani tekshiramiz....
40 views15:18
Ochish/sharhlash