Get Mystery Box with random crypto!

Dengiz | بحر 🫧

Telegram kanalining logotibi dengizla_men — Dengiz | بحر 🫧 D
Telegram kanalining logotibi dengizla_men — Dengiz | بحر 🫧
Kanal manzili: @dengizla_men
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 235
Kanalning ta’rifi

“Yozuvchining hech kimga nasib etmaydigan baxti bor.
Bu bir varaq oq qog‘ozga dardini to'kib solish baxtidir...”
~Shunchaki qalbimdagilarni yozaman~
❥ℐ𝓃 𝒮𝒽𝒶 𝒜𝓁 1K ❤️‍🔥
@Meduza_bilan_aloqa_bot ✔️
18.11.2022
®Mengturayeva.Ch hikoyalari 🌊✨

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-04-02 17:08:09
#PREMYERA
#Afv_et

Janr: #Romantika, #Tragediya


-*Sevgi orqali barcha gunohlar kechirilishi mumkin, lekin sevgiga qarshi qilingan gunoh emas!"
U gunohlar kechirilmaydi. Kechira olmayman. Menga qilganlaringni unuta olmayman. Shu bilan bir qatorda, sendan voz kecha olmayman. Ayt! Nima qilay?! Ikki o't orasida qoldim. Sendan uzoqlasha olmaganim bilan bir qatorda, yaqinlasha olmayman ham...


Muallif: #Mariya
44 viewsⲤⲏⲁʀⲟⲋ , 14:08
Ochish/sharhlash
2023-03-31 16:01:34
#ASIRA_2
#Vaqt_oqimi

Afsun qilganda ko'z rangining o'zgarishi.
(Kimning ko'zlari chiroyli?)

YouTube:
https://www.youtube.com/@World_of_Dasha

#Lady_Dasha
69 views Lady Dasha , 13:01
Ochish/sharhlash
2023-03-31 06:45:03 Taobao...Pinduoduo... Bepul kurs! Nimalarni oʻrganasiz? — Taobaodan zakaz qilish arzon narxga; — Online Viza karta ochish; — Kargo haqida tanishasiz; — Oʻlchamlar va hokazo... + Bonus dars telegramda bot ochish va bot boʻlib kirish! Videodarslik orqali…
68 views , edited  03:45
Ochish/sharhlash
2023-03-31 06:44:58 Taobao...Pinduoduo... Bepul kurs!

Nimalarni oʻrganasiz?

— Taobaodan zakaz qilish arzon narxga;
— Online Viza karta ochish;
— Kargo haqida tanishasiz;
— Oʻlchamlar va hokazo...

+ Bonus dars telegramda bot ochish va bot boʻlib kirish!

Videodarslik orqali oʻrgatiladi va sizda bir umr qoladi

Batafsil maʼlumot uchun:
https://t.me/+8Ni4ohtA73kxZjQy
57 views , 03:44
Ochish/sharhlash
2023-03-31 06:25:33 #ASIRA_2
#Vaqt_oqimi

Savol: Nega Marina Rolandga uning taqdirida Kiara yozilganini ayta oldi-yu, Viktorga Julyetani ayta olmadi? Nega hukmdor uni aytishiga qo'ymadi?
Nima deb o'ylaysiz?

#Lady_Dasha
56 views Lady Dasha , 03:25
Ochish/sharhlash
2023-03-31 05:12:07
#ASIRA_2
#Vaqt_oqimi

O'rmondagi vampir qiz - Arianna.

#Lady_Dasha
56 views Lady Dasha , 02:12
Ochish/sharhlash
2023-03-31 05:04:22
-Daliyani qayerdan bilasan? - Roland endi juda jiddiy qiyofada savol berdi. -Aytaylik folbinman. U chaqmoq ovchisi. -Ishonmayman! -Ishonaver, bu rost. Sen Kiarani sevib qolganingda ikkingizni ham o'ldirib qo'yishgacha borgan. Ammo suv va olov kuchini bir qilib…
49 views Lady Dasha , 02:04
Ochish/sharhlash
2023-03-31 05:04:22 -Marinani topolmayapman. Go'yo g'oyib bo'lib qolgandek.
-Jin usrin, shu kam edi. Nimalar bo'lyapti o'zi? - qiz o'z-o'zidan yig'lab yuborganini ko'rgan Piter g'alati ahvolga tushib qoldi.
-Nima gap, gapirsangchi Julyeta! - deya uning yelkalaridan ushlab, yengil siltadi.
-Alinani osishyapti!
-Nima?..

✩✩✩✩

-Xato qilyapsizlar! Muvozanatni buzyapsizlar! Men o'lsam, hammasi tugaydi - dor bo'ynida turgani uchun ham qo'rqqanidan, ham jahli chiqqanidan baqirib gapirar, yig'lab tushuntirar edi Alina - hammasini anavi ilon uyishtirgan. Bo'lmasa menda qonli kundalik borligini, ichida adinkra tilida xat borligini qayerdan bildi? Sardor Ned, uni ham tinting, uchinchi kundalik o'zida!
Sardor Alinani osish uchun dastakni tortuvchi xizmatchiga "shoshmay tur" ishorasini qilib to'xtatdi.
-Mayli, sen aytgancha ham bo'lsin. Mobodo undan kundalik chiqmasa, sen ham yolg'on, ham ayg'oqchilik uchun o'limga hukm etilasan. Bordiyu chiqib qolsa, do'stlaring kelishini kutib, biror qaror qabul qilamiz.
Sardor ortida turgan Zmeyaga qaradi. Uning oppoq yuzi battar oqarib ketgan edi.
-Senda yo'q to'g'rimi?
-Menda u nima qilsin? - qo'rquv aralash gapirganini Ned darrov payqadi.
-Yaxshi, unda tintuvga bemalol rozi bo'la olasan, shundaymi?
-A-hir... Ahir ayol kishiman. Meni qanday tintmoqchisan?
-Tintadigan ayollarimiz bor, havotir olma.
Nedning ishorasi bilan bir nechta askar ayollar uning yoniga yaqinlasha boshladi. Bundan qo'rqib ketgan Zmeya Mulga orqaga ikki qadam tashladi, keyin qorachig'i huddi erib ketayotgandek kichrayib, ohiri yo'qolib ketdi va oppoq ko'zing o'zi qoldi.
-Bu Efa aspid! - askar ayollar baqirishdi - nari turinglar!
Zmeyaning yuzidan zumda qora tangachalar o'sib chiqdi va terisi ilonnikidek silliq bo'lib qoldi. Avvaliga vishillab ilon tili ko'rindi, keyin o'zi butkul qop-qora ulkan aspidga aylandi. Aspid dumi bilan to'planib turgan aholini uloqtirib yubordi. G'ala-g'ovur boshlanib ketdi. Ilon bo'rilarga hujumga o'tdi. Dastakni tushirishi kerak bo'lgan kimsa ham bir zumda bo'riga tuslanib, u yerdan ketib qoldi. Bo'yniga dor ilingan, qo'llari bog'lagan Alina qo'rquv tufayli afsun qilolmay qolgan edi. Shu zum aspid to'g'ri uning qarshisiga kelganida qizning qo'llariga qo'shilib tizzalari ham beixtiyor titrab, qaltirab ketdi. Aspid endi unga hamla qilmoqchi bo'lganida qayerdandir paydo bo'lgan oqish sochli bo'ri yigit qo'lida yorug'ligi va issiqligi tufayli kaminlarni yoqishda ishlatiladigan dengiz qaynoq toshlaridan birini ilonning ko'zlariga qaratdi. Kuchli yorug'lik tufayli chirillab yuborgan aspid sudralib ortga chekindi va ketish jarayonida uzun va beso'nasay dumi dastakka tegib ketdi. Alina endi tushib ketayotgan bir paytda boyagi yigit qo'lidagi toshni tashlab, tezda uni ko'tarib oldi. Alinaning qo'rquv ichida ko'rgani yorqin yashil ko'zlar bo'ldi.....

#Lady_Dasha
48 views Lady Dasha , 02:04
Ochish/sharhlash
2023-03-31 05:04:22 -Daliyani qayerdan bilasan? - Roland endi juda jiddiy qiyofada savol berdi.
-Aytaylik folbinman. U chaqmoq ovchisi.
-Ishonmayman!
-Ishonaver, bu rost. Sen Kiarani sevib qolganingda ikkingizni ham o'ldirib qo'yishgacha borgan. Ammo suv va olov kuchini bir qilib, uni o'ldirgansizlar. Qiziq, nega bularni sizlarga aytib bersam menga hech narsa qilmayapti. Faqat para.... Aaaaayyy... - qiz endi parallel demoqchi edi hamki, uning butun badaniga tikan sanchilgandek bo'lib ketdi.
-Nima bo'ldi?
-Tikan! - qiz yengini ko'tarib, qo'llaridagi tikandan keyin qoladigan izlarni ko'rsatdi - aytishni boshlashim bilan o'z-o'zidan tikan sanchiladi.
-Tushunarli, demak u Kiara Yakobinni sevib qolsa, mening taqdirimda kim? - dedi Viktor o'ylanib.
-Jul....aaaayyy...! Nimalar bo'lyapti? Nega endi uni ismini aytishga qo'ymayapti?
-Jul.. Kim?
-Jul emas Juli... Aaayy! BU NIMASI ENDI?! Bo'ldi, toqatim toq bo'ldi. O'shanda bilib olasan. Hozir esa, ikkalamiz Yakob qasriga sulh tuzgani va malikaning qo'lini so'ragani boramiz. Otasi uni shahzoda Alenga berib yubormasidan oldin ulgurish kerak. Yakobga urushda yutqazasiz deyish kerak, chunki rostdan ham urushda yutqazib qo'ygani uchun malika Kiara asira bo'ladi. Sen esa Notengemga jo'na. Iloji boricha tezroq top uni. Severalga qaytish kerak.

✩✩✩✩

-Marina! Marinaaa! Qayerda qoldi bu qiz? Bir soatdan beri chaqiraman. Nima balo cho'kib ketdimi? MARINA!
Piterning baqiraverib tomog'i achishib qoldi. Ko'lni o'n besh martadan ko'proq aylanib chiqdi, ammo Marinadan darak yo'q. Keyin, balki o'rmonga kirgandir deb o'ylab, ichkariroqqa yo'l oldi. Kirib borar ekan, katta bir kenglikda chamandek ochilib yotgan siyohrang gullarni ko'rib hayratlandi. Bir muddat ularning mayin shamolda raqs tushayotgandek tebranishini tomosha qilgach, ularni oralab o'tmoqchi bo'ldi.
-Marina Mak Kalogan! Sayerdasan, vaqtimiz yo'q! Dididan xabar kelgan. EY XUDO! Bu tentak qayerda yuribdi o'zi?!
-Kimnidir qidiryapsanmi? - nariroqdan yoshgina bir qizning ovozi eshitildi. Piter notanish ovoz kelgan tomonga qarab yurdi.
-Kim bor bu yerda?
-O'zing kimsan? Bo'rilarning vampirlar hududida yurishi taqiqlangan!
-Kechirasan-u, men hali chegaradaman. Bo'riligimni qayerdan bilding? Qanisan?
-Yaqinlashma! Men vampirman...
-Negadir o'xshatmadim. Bizga vampirlar hech narsadan qo'rqmaydi, ular qo'nxor maxluqlar deb aytishgan edi-ku.
-Kamsitmoqchimisan? Hududimdan ket!
-O'zing berkinmasdan buyoqqa chiq. Bo'lmasa hududinga bostirib kiraman.
-Unda qoningni ichaman.
-Marhamat... - Piter atayin ovoz kelgan tomonga qarab yuraverdi. Ovoz o'sha yerdagi yo'g'on daraxt ortidan eshitilardi. Qiz gapirmay qolgani uchun oyog'ini sekin-sekin bosib, o'sha daraxtga yetdi. Sekingina daraxtdan mo'ralasa, qiz daraxtning naragi tarafidan mo'ralayotgan ekan. Piter shartta qizning ikki qo'lidan ushlab, daraxtga tirab olganida u qo'rqqanidan baqirib yubordi.
-Tshsh... JIM! Nega baqirasan? - Piter yengil kulib qo'yib, vampir qizga boshdan oyoq razm soldi. Oppoq yuz, muzdek sovuq qo'llar, uzun kipriklar, qip-qizil ko'zlar, olovrang sochlar va bejirimgina libos. Hansirab nafas olayotganida labi chetidan qoziq tishlari ko'rinib turibdi - Demak rostdan ham vampir... Ismim Piter, senikichi?
-Yo'qol! - qiz bir siltanib, uning qo'lidan chiqishga urindi. Ammo Piterning bo'rilarga xos bo'lgan baquvvat qo'llar uni qo'yib yubormadi.
-G'alati ekansan. Tahminimcha endi 17 yoki 18 yoshsan. Men 20ga kiryapman, ammo sendaqa zaharni umuman ko'rmaganman... Yo'q, sendan ko'ra Julyeta zaharroq.
-Qo'yib yubor, nimalar deb aljirayapsan?
-Ismingni aytsang, qo'yib yuboraman.
-Arianna.
-Nima? - Piter qanday qilib uni qo'yib yuborganini bilmay qoldi. Arianna esa yashin tezligida ko'zdan g'oyib bo'ldi - shu Ariannami? Alina uni ayyor, vaxshiy, beshafqat degan edi-ku? Bu esa umuman aksi.
Piter shularni o'ylab turganida ko'l tomondan Julyetaning ovozini eshitdi.
-Piter.. Marina! Qayerdasizlar?
Piter tezda ovoz kelgan tomonga yugurdi. Ko'lga borsa, Julyeta juda asabiy ko'rindi.
-Tinchlikmi? - deya Piter qizga yaqinlashdi.
-Tinchlikmas Piter, Marina qani? - qizning hansirashidan ancha yugurgani bilindi.
50 views Lady Dasha , 02:04
Ochish/sharhlash
2023-03-31 05:04:22 #ASIRA_2
𝑂'𝑇𝑀𝐼𝑆𝐻: "𝑉𝑎𝑞𝑡 𝑜𝑞𝑖𝑚𝑖"

#N_25: Efa Aspid.

"SEVERAL: MUALLIF NOMIDAN"

-Viktor, balki u rost aytayotgandir?
-Qayerda ko'rgansan uzukli afsungarni? G'alatiku, uzuk bo'lmasa afsun qilolmas ekan. Endi o'zing o'yla Roland, men shunga ishonishim kerakmi?
-Umuman olganda, suvparilar gapirmaydi. Bu odamdek gapirib, hatto seni haqorat qilishgacha borgan ekan, demak aytayotganlari rost - ukasining jig'iga tegish uchun ataylab kinoya qilib qo'ydi Roland. Kirganidek, Viktorning asabi buzildi.
-Kul, kul Roland. Kulaver akaginam...
-Bo'pti, hazillashdim. So'roqxonada dedingmi? Muloyimlik bilan gapirmadingmi?
-Befoyda. Juda hohlasang urinib ko'r.
Aka-uka so'roqxonaga kirishdi. Katta hajmli bochka ichidagi qiz faqat dumini ostiltirib, shiftga tikilib yotar edi. Viktorni ko'rishi bilan o'z-o'zidan quvonib ketdi.
-Nihoyat! Qayerlarda yuribsan? Zerikib o'lay dedimku! Uzukni qaytar.. - dedi asabiy baqirib.
-Qoyil - qizning gapirishidan hayron bo'lib chapak chalgan Rolandni endi payqagan qiz unga uzoq tikilib qoldi -Adashmasam, Marina Mak Kalogan edi. Shundaymi?
-Shunday Roland Lioned - qiz uning Alina aytganidek qop-qora ko'zlaridan tanib qoldi.
-Ismimni qayerdan bilasan? Viktor aytdimi?
-Vik hech narsa demadi, g'irt mijg'ov ekan. Sen aqilliroqsan-ku, ayt qizlarning uzugiga ko'p qiziqavermasin. Bo'lmasa unga malika emas, shahzoda uylanadi.
-Tiligni... - Viktor gapini tugatib ulgurmasdan akasini uni qo'li bilan to'xtatdi. Roland qotib kular edi. Viktorning g'azabdan qizargan yuzini ko'rib kulgisi battar qo'zidi, ammo o'zini bosdi.
-Hop yaxshi, Viktor, uzukni berchi. Baliqchaning nimaga qodirligini bir ko'raylik.
Viktor uzukni qizga otib yubordi. Bunga sabab: birinchidan, akasi bu gapni huddi buyruq ohangida aytgandek bo'ldi. Ikkinchidan, qizning boyagi gaplari nafsoniyatiga tegib ketgani uchun. Marina uzukni tutib oldi va tezda ko'rsatgich barmog'iga taqib, bir marta burab qo'ydi. Bir zumda kichik suv to'foni hosil bo'ldi va qiz ikki oyoqda yerga tushdi. Oyoqlariga qarab, uyoqdan buyoqqa yurib ko'rar ekan, tanasining bir bo'lagi qaytganidan nihoyatda hursand va tentak shahzodadan shunchalik alamzada edi. Qiz bir urinishda butun boshli to'fonni Viktorga yo'naltirdi. Yigit zarb bilan devorga urilganini ko'rgan Roland tezda borib ukasiga yordam berdi.
-Xo'sh Vik, endi ishondingmi? - dedi qiz mag'rur ohangda - Sen suv yo'q joyda afsun qilolmaysan, men esa qila olaman.
-Oyig'ing bormi? - hayron bo'ldi aka-ukalar.
-Bilmasam, bor shekilli.. Nima balo ko'rmisanlar? Bo'ldi, pachakilashmayman. Severalga o'tish kerak.
-Sabab?
-Chunki do'stlarim o'sha yerda. Sizlar borishingiz kerak. Yo'q.. Avval Kiara va Alisani topish kerak.
-Alisa? - Roland ensasini qotirib qo'ydi - Nima qilasan uni?
-U yer afsungari amon. Mening bitta dugonam to'rtala afsunni ham boshqara oladi. Ya'ni jodugar.
-Bo'lishi mumkin emas - Viktor hayratlandi.
-Mumkin. Yana bizda bitta bo'ri ham bor. Xullas, men sizlarga hech narsa ayta olmayman. Lekin zudlik bilan Kiara va Alisani topib, Sevaralga qaytish kerak. Bu judayam muhim, gap sizlarning hayotingiz ustida ketyapti. Hammangiz tirik qolishingiz uchun o'z yordamingiz kerak - Marina chin ko'ngildan kuyunib gapirar edi, aslida u manavi afsungarlarga umuman achinmagan bo'lardi. Faqat gap o'zining va do'stlarining hayoti ustida ham ketmoqda. Shuning uchun astoydil jon kuydiryapti.
-Alisani Notengemdan izlab ko'raman. Agar yo'q bo'lsa, Qirolicha Valintina hech bo'lmasa qayerga ketganini bilar... - Roland o'ylanib gapirdi - sizlar o'sha Kiara deganini toping.
-Uni qayerdan topamiz? - dedi Viktor qizga savol nazarida qarab.
-Kiara, Yakob Fridrikx qasri malikasi.
-Nima? - aka-ukalar jo'r ovozda gapirishdi.
-Biz u qirollik bilan dushman ekanimizni bilasanmi dono? - kinoya qilib gapirdi Viktor.
-Bilaman, yaqinda urush boshlab qo'yganingizni ham. Katta maslahatim, sulh tuzing. Roland malika Kiaraga uylansin.
-Shu kam edi o'zi. - hafsala bilan gapirdi Roland.
-O'sha qiz sening taqidirng!
-Folbinmisan nima? Shuncha malika turganida kelib-kelib dushmanning qiziga uylanamanmi?
-Nima unda Daliyaga uylanmoqchimisan? - kinoya qildi qiz.
58 views Lady Dasha , 02:04
Ochish/sharhlash