Get Mystery Box with random crypto!

Bugungi VI-chaqiriq xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengash | 𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

Bugungi VI-chaqiriq xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining navbatdagi 43-sessiyasining kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21–22-aprel kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va 22-aprel kuni o‘tkazilgan 35-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash borasida Dehqonobod tumanida olib borilgan ishlarning muhokamasi to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi bayramini joylarda keng nishonlash va bayram tadbiri tashkil etish haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-maydagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 271-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha Dehqonobod tumanida yashovchi “Temir daftar” ro‘yxatidagi maktab yoshidagi farzandlari bor 122 nafar oilalarning maktab yoshidagi 213 nafar farzandlariga maktab formasi sotib olish uchun jamg‘armalar hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Dehqonobod tumanidagi xalq qabulxonasining 2022-yil 26-iyuldagi hokim yordamchilari faoliyatini natijadorligini o‘rganish yuzasidan XQ 01-10/155 sonli yozma axborati to‘g‘risida;

Dehqonobod tuman mahalliy byudjetining 2-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida

Boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24